O'zbekiston Respublikasida Qonunchilik palatasi RYeJA: Parlament tarixi Qonunchilik palatasi vazifalari Qonunchilik palatasi kengashi Huquqiy davlatchilikni shakllantirish ko'plab muammolarni bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan murakkab va davomli jarayondir. Parlamentarizm prinsiplari asosida faoliyat ko'rsatuvchi davlat institutlari bilan bog'liq masalalar O'zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o'rin tutadi. Chunki XXI asrning boshlariga kelib oddiy bir haqiqat - to'la vakolatga ega bo'lgan parlamentsiz mamlakatda to'laqonli demokratiya bo'lishi mumkin emasligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Binobarin, fuqarolar demokratiya to'g'risidagi tasavvurlarini avvalo davlatni idora etishda o'zlari ishtirok etishlarining real imkoniyati bilan, qolaversa parlament orqali qonun ijodkorligi jarayoniga ta'sir ko'rsata olish imkoniyatlari bilan bog'laydilar. Parlament tarixi asrlar bilan o'lchanadi. Zamonlar o'zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o'zgarib, uning mohiyati yangi g'oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko'rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Parlamentarizm g'oyasi birinchi ming yillik bo'sag'asida Rimda, Angliya va Ispaniyada xalq majlislari shaklida yuzaga kelgan bo'lib, shundan so'ng davlat anjumani darajasiga ko'tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o'tdi. Shu zaylda parlament davlat instituti sifatida uzoq tarixni bosib o'tdi. Parlamentarizm taraqqiyotining bosh tendensiyasi shundan iboratki, parlamentlar ijtimoiy turmushda markaziy o'rin tutadi. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko'rsatish masalalarini o'zicha hal etadi. Lekin bu keng amaliyotida hisobga olinadigan mushgarak belgilar bo'lishi mumkin emas, degan manoni anglatmaydi, albatta. Shu munosabat bilan parlament institutlari qaror topishi va rivojlanish tajribasi o'rganilishini ta'minlash, tarixdagi ularning ahamiyatini, o'rnini anglash, ular tabiatining hozirgi paytdagi tadrijiy garaqqiyoti va mohiyatini tushunib etish, kelgusida uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish juda muhimdir. O'zbekiston qonun chiqaruvchi oliy organining qaror topishi o'ziga xos jihatlariga ega. Bu avvalo tarixiy o'tmishga bog'liq. Milliy o'zlik davlat qurilishining turli shakl va usullarini nazarda tutadi. Shunday qurilishning tanlab olingan muayyan usuli esa milliy-tarixiy o'ziga xoslik bilan umumjahon tamoyillarining sintezidir. Zero, har qanday ijtimoiy voqelikni anglash uchun birinchi navbatda u muayyan tarixiy bosqichning konkret sharoitlarida qay tarzda yuzaga kelganligini, o'z taraqqiyotida qaysi asosiy bosqichlardan o'tganligini, ana shu rivojlanish jarayonida qay darajada o'zgarganligini, istiqbolda uning qay tarzda harakat qilishini anglab olish muhim ekanligi bejiz emas. Ana shu qoidalar har qanday ijtimoiy voqelikni, shu jumladan parlament singari muhim institut masalasini ko'rib chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, amaliyotning dalolat berishicha, parlamentarizmning qaror topishi o'ta murakkab, bazan esa mashaqqatli jarayondir. Unda tarixiy davrning o'ziga xos jihatlari, har bir alohida mamlakatning ijtimoiy va davlat hayoti, milliy an'analari, xalqning huquqiy madaniyati va siyosiy xohish-irodasi namoyon bo'ladi. Tabiiyki, ijtimoiy amaliyotning rivoji, tarixiy taraqqiyotning kechishi mamlakat qonun chiqaruvchi organi to'g'risidagi nazariy tasavvurlarni ham o'zgartirib boradi. Qonunchilik hokimiyati ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
284.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
284.3 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: ppt