O'zbekiston Respublikasida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini takomillashtirish istiqbollari Reja: O'zbekiston Respublikasida qonunchilik tashabbusi Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish O'zbekiston Respublikasida qonunchilik tashabbusi Mamlakatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borgani sari ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarni ham takomillashtirib borish zaruriyati tug'iladi. Takidlash lozimki, tobora murakkablashib borayotgan ijtimoiy hayotni malum tizimga soluvchi, taraflarning huquq va majburiyatlarini adolatli o'rnatuvchi huquqiy normalarni tayyorlash va qabul qilish huquq ijodkorlariga katta mas'uliyat yuklaydi. Shu nuqtai nazardan, qonunlar loyihalarini tayyorlash hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish huquqiga ega bo'lgan qonunchilik tashabbusi subyektlari faoliyatini takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Takidlash joizki, qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan tayyorlanadigan qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, amaldagi qonunlar tizimiga hamda qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo'lishi zarur. Amaliyotda qonun loyihalarini ishlab chiqishda qonunchilik texnikasi qoidalarini turlicha talqin qilish va qo'llash holatlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari kengashlarining 2010 yil 30 dekabrdagi qo'shma qarori bilan tasdiqlangan qonun loyihalari va qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari tasdiqlangan. Biroq, mazkur hujjat qonunchilik texnikasining barcha qirralarini qamrab ololmagan, bu esa qonunlar loyihalarini tayyorlashda namoyon bo'lmoqda. Shu bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari, qonun loyihasini ishlab chiquvchi mutaxassislar o'rtasida qonunchilik texnikasi qoidalarining turlicha talqin qilinishi hamda qo'llanilish holatlari kuzatilmoqda. Bizningcha, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida qonun ijodkorligi faoliyati bilan uzoq yillar shug'ullangan, qonunchilik texnikasini mukammal o'zlashtirgan mutaxassislarni jalb qilib, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining mazkur sohadagi tajribalarini umumlashtirib, qonun loyihalarini yuridik va mazmun jihatdan qonunchilik texnikasiga rioya qilgan holda tayyorlashga oid umumiy qoidalarni yanada takomillashtirish lozim. Malumki, keyingi yillarda qonunlar loyihalarining tayyorlanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida qonun ijodkorligi faoliyatini oldindan rejalashtirish tartibi qo'llanila boshlandi. Xususan, Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi dasturlarini tayyorlash va qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomda davlat boshqaruv organlarining qonun ijodkorligi faoliyati oldindan rejalashtirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi. Lekin qonun loyihalarini rejalashtirish jarayonida ham qator muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga qonunlar loyihalarini kiritishda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik darajasining pastligi, qonun loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash bo'yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari faoliyatini tashkil etish jarayonida rejalashtirishning kam ahamiyatli omil sifatida yondashish, hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejasiga ayrim davlat boshqaruv organlari tomonidan masalani etarli o'rganmasdan takliflar berish holatlari uchramoqda. Shuningdek, tadqiqot ishi doirasida parlament quyi palatasi deputatlari o'rtasida 2010 yil aprel oyida o'tkazilgan so'rov natijalari shuni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.19 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: docx