O'zbekiston Respublikasida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini takomillashtirish Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqiniamalga oshirishda xorijiy mamlakatlar amaliyoti Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish Qonunchilik tashabbusi huquqiniamalga oshirishda xorijiy mamlakatlar amaliyoti Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish borasidagi xorijiy mamlakatlar amaliyotini o'rganishning ahamiyati shundaki, mazkur tajribadan mamlakatimizda qonunchilik tashabbusi huquqini qo'llashda foydalanish, shuningdek bu boradagi muammolarni o'rganib, tegishli xulosalar chiqarish mumkin. Dunyodagi demokratik yo'nalishda rivojlanayotgan davlatlarda qonunchilik tashabbusi huquqining mazmunida ayrim farqlanish mavjud. Tahlilning ilmiyligini ta'minlashda qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish borasidagi xalqaro tajribani huquq oilalari va unga kiruvchi davlatlar misolida o'rganish tizimli va mantiqan to'g'ri yondashuv hisoblanadi. Shu bois, qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish xalqaro tajribasini anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlaktlardan boshlash joiz topildi. a) Anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlar tajribasida qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda Buyuk Britaniya davlatining amaliyoti alohida etiborga molik. Mazkur davlatda qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament hisoblanadi. Uning vakolatlari 1911 yilda qabul qilingan Parlament to'g'risidagi Qonunga muvofiq tartibga solinadi. Mazkur qonun asosida deputatlar mamlakat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan qo'mitalar tuzish huquqiga egadirlar. Parlamentning asosiy vazifalari doirasiga qonunlarni qabul qilish, hukumatni nazorat qilish kabi masalalar kiradi. Buyuk Britaniyada qonunchilik tashabbusi huquqiga parlament a'zolari hamda hukumat a'zolari ega. Hukumat a'zolari qonun loyihasini parlamentga o'zlari lozim topgan davrda kiritish huquqiga ega. O'z o'rnida qonun loyihasi bir vaqtning o'zida ham yuqori, ham quyi palataga kiritilishi mumkin. Biroq, qoida tariqasida u avval Jamoa palatasida, keyin esa Lordlar palatasida muhokama etiladi. Alohida takidlash joizki, Buyuk Britaniya parlamenti ayni bir vaqtda, zamonaviy parlamentarizm xususiyatlarini hamda monarx huzuridagi an'anaviy sulolaviy-vakillik organini o'zida mujassamlashtirgan hozirgi dunyoda noyob hodisa ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi va Jamoa palatasidan tashkil topgan. Shuning uchun parlament mazkur tarkibda, faqat uning navbatdagi sessiyasi ochilishi kunida to'planadi. Bunda Buyuk Britaniya qirolichasi nutq bilan chiqib, Britaniya parlamentining qonunchilik ishlari rejasini bayon qiladi. Etiborli jihat, yani Buyuk Britaniya qonunchilik tashabbusini huquqiy tartibga solinishning o'ziga xosligi shundan iboratki, ushbu davlatda qonunchilik tashabbusi subyekti sifatida diniy tashkilotlarning boshqaruv idoralari rahbariyati ham hisoblanadi. Ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq, diniy tashkilotlar rahbarlari faqat diniy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq tashabbuslarni taqdim etishlari mumkin. Bunday vaziyat Buyuk Britaniyada Anglikan dinining rasman davlat dini maqomi berilishi bilan bog'liq hisoblanadi. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishdagi Amerika Qo'shma Shtatlari amaliyoti tahlili, yani AQSH parlamentining o'ziga xosligi shundaki, parlamentning asosiy protseduralari qatoridan qonunchilik jarayoni va sud impichmenti o'rin olgan. Jumladan, AQSHda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: docx