O'zbekiston Respublikasida saylov tizimi Reja: 1.Saylov tushunchasi. 2.O'zbekiston Respublikasida saylov huquqi. 3. Markaziy saylov komissiyasi. 4. Prezident saylovi, Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlarga saylovda saylov jarayoni. 5.Xulosa Fuqarolarning huquqlari - Shaxsiy huquq va erkinliklar - Siyosiy huquqlar - Iqtisodiy huquqlar - Ijtimoiy huquqlar Siyosiy huquq - fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda bilvosita ishtirok etish huquqidir. . Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi demakdir. Fuqarolarning saylov huquqi siyosiy huquqlarning bir shaklidir. Saylov bu - ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Saylov ochiq va yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o'z xohish-irodasini bildirish tengli va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida Prezidenti saylovi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog'iston Jo'g'ori Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning saylov muddati tugaydigan yilda - oktabr oyining 3-o'n kunligining birinchi yakshanbasida o'tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga to'lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasing 117-moddasi Quyidagilar saylanish huquqiga ega emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar; Sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar: Quyidagilar saylash huquqiga ega emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar; Og'ir va o'ta og'ir jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar: Saylov komissiyalari 2019-yil 25-iyunda qonuniy kuchga kirgan Saylov kodeksining 11-moddasiga ko'ra Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi: Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan kamida 15 nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Markaziy saylov komissiyasi Komissiya Raisi, uning o'rinbosari, komissiya kotibi va komissiya a'zolaridan iborat. Mahalliy saylov komissiyasi tarkibiga viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari kiradi. Ular tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida 80 kun qolganda 11-21 nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasi prezident saylovida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganda 8-18 nafardan iborat tarkibda tuziladi. Qonunchilik palatasiga saylovni o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70kun qolganda 9- 11 nafar a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga hamida 40kun qolganda 5-19 nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Saylov byulleteni Saylov kodeksi 31modda. O'zbekiston Respublikasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.96 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.96 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: pptx