O'zbekiston Resspublikasi prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasida saylov tizimining konsitutsiyaviy asoslari. Saylov huquqi va saylov tizimi tushunchasi O'zbekiston Respublikasining siyosiy kartasi. Bunda Respublikamiz va unga chegaradosh davlatlar tasvirlangan. Saylov-bu har bir fuqaro o'z haq- huquqlarini bilgan holda ongli tanlashdir. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasida saylov tizimi deganda- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunlariga muvofiq Respublika fuqarolari tomonidan Respublika prezidenti, Oliy majlis deputatlarini xalq deputatlri viloyat, tuman, shahar kengashlarini saylash tartibi tushuniladi. Saylov huquqi konstitutsiyaviy huquqiy normalarning bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining tarkibiy qismi, uning muhim instituti hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika oliy Majlisi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarini saylovi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar yig'indisidir. Fuqarolarni saylash huquqi- bu faol saylov huquqi deb nomlanib, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Respublika Prezidentini, Oliy Majlis deputatlari, mahalliy Kengashlarga bo'ladigan saylovlarda qatnashish huquqi bo'lsa , passiv saylov huquqi -bu O'zbekiston fuqarolarini saylanish huquqi' ya'ni Respublika Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga yoki xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashl deputatligiga saylanish huquqini bildiradi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari saylovni umumiylik , teng saylov huquqi ,to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi , o'z xohish-irodalarini erkin bildirish va yashirin ovoz berish prinsiplariga asosan amalga oshiriladilar. Umumiy saylov huquqi, shuni anglatadiki, O'zbekiston Respublikasining 18 yoshga kirgan har bir fuqarisi saylov huquqiga egadirlar. Saylovchilar ro'yxatiga saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to'lgan hamda mazkur Kengash hududida ro'yxat tuzilayotgan paytga qadar muhim yoki vaqtincha yashab turgan barcha fuqarolar kiritiladi. Qonunga asonan 35 yoshdan kichik bo'lmagan O'zbekiston fuqarolari Respublikaning Prezidenti etib saylanish huquqiga , saylov kunigacha 21 yoshga to'lgan fuqarolar esa hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar. O'zbekiston Respublikasida o'tkaziladigan saylovlar tengdir. Teng saylov huquqining ma'nosi shundaki , har bir fuqaro -saylovchi bir ovozga ega. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tipi, dinga munosabati, mashg'ulotining turi va xususiyati, shaxsiy, ijtimoiy va mulkiy mavqeidan qat'iy nazar teng saylov huquqiga egadirlar. Prezidentlik lavozimida bo'lgan vaqtda quyidagi lavozimlarda ishlash mumkin emas: 1) Haq to'lanadigan biror lavozimda ishlamasligi; 2) Biror tashkilotda deputatlik lavizimida ishlamaslik; 3)Tadbirkorlik bilan shug'ullanmaslik shular va boshqalar. Ovoz berish jarayoni Saylovda mamlakatimizda ta'sis etilgan 4 tala palatadan bittadan nomzod saylanadi. Saylov tegishli saylov uchastkalarida amalga oshiriladi.Har bir saylov uchastkalarida yosh bolalar xonasi, tibbiy yordam ko'rsatish xonasi va boshqalar bo'ladi. Aholiga tibbiy yordam ko'rsatish Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ham erkin ovoz berish huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro teng saylov huquqiga ega ya'ni har bir fuqaro bitta ovoz berish huquqiga ega. Saylov jarayoni tugagach har bir uchastkadagi saylov qutilari olib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
910.67 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
910.67 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: ppt