O'zbekiston Respublikasida siyosiy hokimyatning shakillanishi

O'zbekiston Respublikasida siyosiy hokimyatning shakillanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida siyosiy hokimyatning shakillanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida siyosiy hokimyatning shakillanishi Reja: 1. Davlat tushunchasi, uning belgilari, razmlari, vazifalari. 2. Davlat hokimiyatining boshqaruv organlari tizimi. 3. Davlat hokimiyatining monarxiya va Respublika shakllari. Jamiyatning siyosiy hayotini davlat hokimiyatisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Davlat hokimiyati jamiyat hayotining hamma sohalariga ta'sir qilib turuvchi, ijtimoiy jarayonlarni tartibga soluvchi yetakchi siyosiy kuch hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar, -deyilgan. Aytish mumkinki davlatning mohiyatini, uning vazifasi va o'rnini belgilash muammosi juda ko'p yillardan beri jamiyatshunoslarni, siyosatshunoslarni diqqat markazida turibdi. Bugungi kunda ham davlatning paydo bo'lishi, uning ahamiyati kun tartibidan olingani yo'q. Ma'lumki ibtidoiy jamoa vaqtida davlat bo'lgani yo'q. Mehnat qilish umumiy bo'lgan, hayot ta'minot vositalari teng taqsimlangan edi. Faqat birgalikdagi sa'y-harakatlar, jipslashish insonning yashashiga yordam bergan, yashash manbai esa tabiat ne'matlari edi. Demak, davlat insoniyat tarixiy taraqqiyotining hamma pallalarida ham bo'lmagan va amal qilmagan, bundan keyingi asrlarda ham u abadiy saqlanib qoladigan va amal qilaveradigan jamiyat siyosiy sistemasining asosiy muassasasi deb o'qtirish obyektiv haqiqatga zid kelishi muqarrar. Davlatning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omillarga quyidagilar kiradi: birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimoti; ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkning va sinflarning paydo bo'lishi; uchinchidan, qarama-qarshi sinflar o'rtasida kelishib bo'lmaydigan ziddiyatlarning kuchayishi. SHuning uchun davlatni uzoq muddat davom etgan insoniyat tarixiy taraqqiyotining ishlab chiqarish kuchlari yuksalib borib,mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari, mulkchilik munosabatlarining murakkablashib borishi natijasida vujudga kelgan, jamiyatning turli ijtimoiy guruhlarga bo'linib ketish jarayonlarining hosilasi sifatida talqin etish to'g'ri bo'ladi. Davlat paydo bo'lishi bilan jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlari shakllanib bordi. Jamiyatni siyosiy boshqarish asoslarini yaratish ishiga qadimgi Yunoniston (Gretsiya) davlat arboblari Likurt, Drakont va Solon qonunlari noyob manba hisoblanadi. Eramizdan avvalgi IX-VII asrlarda Likurt Sparta davlat tizimlari haqida qonunlar ishlab chiqib, uni amalga oshirdi va siyosiy hokimiyat muassasalarini vujudga keltirdi. Yoki bo'lmasa qadimgi Afina davlatining arxonti (oliy hukmdori) Drakont eramizdan avvalgi 621 yilda Afina davlatini huquqiy poydevorini tuzgan edi. Lekin bu qonunlar o'ta berahm va shavqatsiz mazmunda amal qilganligi to'fayli tarixda drakon (ajdarho) qonunlari deb salbiy baholangan. Bularga nisbatan eramizdan avvalgi 645-559 yillarda yashagan qadimgi yunon donishmandi Solon mohiyatli islohotlar o'tkazib, yer bo'yicha qoldiq qarzlarni bekor qildi, yerga egalik qilish yuqori miqdorini belgilab berdi. U moddiy mulklarning mavqelariga qarab fuqarolarni toifalarga ajratgan. X1 asrning allomasi va davlat arbobi Nizom ul-Mulk o'zining Siyosatnomasida siyosat so'zini saltanatni boshqarish, jamoa ishlarini tashkil qilish mahorati deb tushuntiradi. XV asrning o'lkan allomalaridan biri Husayn Voiz Koshifiy Axloqi muxsiniy asarining siyosat - degan bobida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 63.53 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 63.53 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga