O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati

O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy asoslari Reja: 1.О'zbekistonda sud hokimiyatining tashkil etilishi va vazifalari. 2. Sud hokimiyati organlarining tizimi va hududiy birliklarda tashkil etilishi. 3. О'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va uning faoliyati. 4. Prokuratura organlari, tizimi. О'zbekistonda sud hokimiyatining tashkil etilishi va vazifalari. Sud hokimiyati kishilik jamiyatida davlatning bunyodga kelishi bilan uzviy borliq. U ijtimoiy kelishmovchiliklar, nizolar, tajovuzlarga barham berish va adolat о'rnatish uchun hizmat qiladigan hokimiyat tariqasida vujudga kelgan. Jamiyatni boshqarish uchun davlatning yuzaga kelishi va unda sud faoliyatiga bо'lgan ehtiyoj ham adolat g'oyalarining mahsulidir. Davlatning qachon va qaysi hududda birinchi marta bunyodga kelgani tо'g'risida hozircha aniq ma'lumotlar bо'lganidek, sud tizimi ham dastlab qachon va qaerda shakllanganligi noma'lum. Jamiyatni boshqarishga oid barcha zarur ishlarni dastlabki davrlarda jamoaga sardor, sarkarda bо'lgan, katta obrо'-e'tiborli, tajribali shaxslar bevosita о'zlari bajarganlar. Keyinroq esa jamiyat a'zolarining о'rtasida yuz beradigan nizo va tо'qnashuvlarni bartaraf etish, haqlilarni himoyalash, nohaqlarga ta'siriy choralar kо'rish vazifalarini alohida lavozimli hakamlar zimmasiga yuklangan. Davlat boshqaruvining turli sohalari ihtisoslasha borgan sari sud tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi mahsus idoralar faoliyat kо'rsata boshlagan. Ular qanchalik odilona va hozirjavoblik bilan ishlasalar, jamiyat a'zolarining ichki tinch-totuvligi, hamjihatligi shunchalik mustahkam bо'ladi. Zero, adolat jamiyatning poydevori, iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni ta'minlashda muhim omildir. Femida, Nemesida, Maat va Sulaymon payg'ambar kabilar tо'g'risidagi tarihiy afsonalar adolat tuyg'ularining ifodasidir. Kishilik jamiyati har jihatdan adolatga intiladi. Jumladan, davlat hokimiyatining о'zi ham, u chiqargan qonun-qoidalar, о'rnatilgan tartiblar ham odilona bо'lmog'i shart. Qonunlarning ijrosi va jamiyatdagi nohush hollarga, nifoqlarga barham berish ham adolatga suyangan bо'lishi lozim. Ana shu borada sohibqiron bobokalonimiz Amir Temurning Kuch adolatdadur degan da'vati bejiz emas. Mamlakatimizda, umuman, sharqda adolatparvarlikka, huquqshunoslikka alohida e'tibor berilgan. Aynan yurtimizda musulmon huquqi - fiqh eng yuqori darajada qadrlanib kelgan. Imom Buhoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi о'nlab olamshumul fiqhshunos allomalar bilan fahrlanishga haqlimiz. Hadislardan birida Adlu soatin hoyrun min ibodati sanatin (ya'ni Bir soatlik adolat bir yillik ibodatdan afzal), deyiladi. Adolatning qudratiga tan berish umumbashariy mazmunga ega. U sinfiy, tabaqaviy emas. Masalan, XVI asr olmon imperatori Ferdinand 1 Garchi dunyo ostin-ustin bо'lsada, adolat g'alaba qilsin! - degan ekan. Barcha rivojlangan mamlakatlarda adolatning muntazam salohiyatini ta'minlash uchun sud tizimi mavjud. Hozir amalda bо'lgan 140 dan ziyod davlatlarning Konstitutsiyalarida sud tizimi va uning faoliyatiga alohida о'rin berilgan. О'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasida ham 106-116-moddalar mahsus bobga ajratilib, sud tizimining asoslariga bag'ishlangan. О'zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirish muhim tahsinga loyiq. Ular sud hokimiyati jazolovchi organ emas, huquqni himoya qiluvchi ekanligini yaqqol kо'rsatadi. Sud tizimining tashkil etilishi va faoliyatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga