Reja: 1.Hokimiyatlar bo'linishi tizimida sud hokimiyati 2. Mustaqil O'zbekistonda sud hokimiyatining shakllanishi 3. O'zbekiston Respublikasi sud tizimining umumiy tavsifi Hokimiyatlar bo'linishi tizimida sud hokimiyati Bugungi kunga kelib, sud hokimiyati davlat hokimiya-tining mustaqil hokimiyat tarmog'i ekanligi to'g'risidagi nuqtai nazarni batamom shakllangan deb aytsa bo'ladi. SHo'rolar davrida, ayniqsa uning dastlabki davrlarida, bizga ma'lumki, bu g'oya rad etilgandi. Sudning huquqni muhofaza etuvchi funksiyasi haqida deyarli gapirilmas edi; sudning qatag'onchilik funksiyasi asosiy o'rinni egallab, amalda sudlar davlat hokimiyatining bostirishga qaratilgan majburlov apparatlari sifatida namoyon bo'lgan. Mustaqillikka erishilganidan so'ng, huquqiy davlat g'oyasining paydo bo'lishi va O'zR Konstitutsiyasida sud hokimiyatining alohida va mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatida ajrati-lishi bilan qonunchilikda o'z aksini topayotgan ma'lum nazariy asoslar paydo bo'la boshladi. O'zR Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat hokimiya-tining mustaqil uch tarmoqqa bo'linishi va ularning bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi mustahkamlab qo'yilgan. Bu bilan sudning nazorat funksiyasini ajratish, sudlarning vakolatlarini va nazorat funksiyalarini qay-tadan ko'rib chiqish va qonunchilikda mustahkamlash zarurati belgilanadi. Bu masalalarni hal etish uchun sud nazorati g'oyasi tayanadigan asoslarni, fundamentlarni aniq bilib olish kerak. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra[20], hokimiyat bo'linishi nazariyasi, sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi va ijro etuv-chi hokimiyatlardan alohida va mustaqil tarmoq sifatida ajratish g'oyasi antik davrlarda paydo bo'lgan. O'sha davr mutafakkirlari mazkur nazariyaning qator majburiy belgi-larini ko'rsatib o'tishgan bo'lib, bu belgilarga muvofiq hol-da davlatning ichida ma'lum funksiyalarni bajaruvchi nis-batan mustaqil elementlar amal qiladi. Bu elementlar o'zaro kuchli bog'liqlikda bo'lib, bir-biriga ko'maklashib ham turadi va, agarda, zarurat tug'ilsa, bir-birini cheklab ham turadi; bu elementlarning barchasi o'z faoliyatini qonunga asoslanib amalga oshiradi. Adabiyotlarda hokimiyatlar bo'linishi nazariyasining asosiy g'oyalari Arastu, Aflotun, Polibey, Epikur va boshqa-larning asarlarida ishlab chiqilganligi, antik dunyo sud amaliyotida tadbiq etilganligi, 1215 yili qabul qilingan Buyuk Angliya erkinlik Xartiyasida mavjudligi to'g'risida fikrlar bildiriladi.[21] Shaxs huquqlarini himoya qilish bilan bevosita bog'liq bo'lgan sudning nazorat funksiyasi o'zining ma'naviy aspekt-lariga ega bo'lib, uning ildizlari antik o'tmishga borib taqaladi. Shuning bilan birga, sud nazoratining taraqqiyoti 17-18-asrlar mutafakkirlari tomonidan ishlab chiqilgan hokimiyatlar bo'linishi nazariyasi bilan ham uzviy bog'liq. Hokimiyatlar bo'linishi klassik nazariyasining asoschilari tomonidan ilgarigi nazariyadan farqli ravishda mutlaqo universal ta'limot yaratildi-ki, bu nazariya ko'pchilik mam-lakatlarning konstitutsiyaviy qonunchiliklarida o'z aksini topgan va topib ham kelmoqda. Mazkur universal ta'limot-ning yaratilishiga sababiy shart-sharoitlar ichida, birinchi navbatda, ijtimoiy va davlat tashkil etilishining yuqori darajasiga ko'tarilishida o'zini namoyon qilgan tarixiy progressni aytib o'tish kerak. Boshqa guruh tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, hoki-miyatlar bo'linishi doktrinasi hamda sud hokimiyati roli-ning muhim aspektlari fransuz siyosiy mutafakkirlari bo'lmish Sh.L. Monteskye va J.J. Russolarning ilmiy asar-larida o'z ifodasini topgan. Bizning tadqiqotimiz o'rganish doirasi uchun Montes-kyening ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.79 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.79 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc