O'zbekiston Respublikasida xo'jalik sudlari va ularda xo'jalik nizolarining ko'rilishi

O'zbekiston Respublikasida xo'jalik sudlari va ularda xo'jalik nizolarining ko'rilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida xo'jalik sudlari va ularda xo'jalik nizolarining ko'rilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Xo'jalik sudlari faoliyati tushunchasi va ularning vazifalari 2. Xo'jalik sudlarini tashkil etilishi va tuzilishi 3. Xo'jalik sudlariga taalluqli nizolar 4. Xo'jalik sudining birinchi instansiyasida ish yuritish 5. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash 6.Xo'jalik sudida ishning ko'rilishi va hal etilishi 7. Xo'jalik sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari 8. Apellyatsiya instansiyasida xo'jalik ishlarini ko'rish tartibi 9. Xo'jalik sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari 10. Qonuniy kuchga kirgan xo'jalik sudining qarorlarini kassatsiya instansiyasida qayta ko'rish tartibi 11. Xo'jalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlarini nazorat tartibida qayta ko'rish tushunchasi Xo'jalik sudlari faoliyati tushunchasi va ularning vazifalari O'zbekiston bozor munosabatlariga izchillik bilan o'tayotgan bir paytda iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanmoqda. Shuning uchun ham xo'jalik nizolarini o'z vaqtida ko'rib hal etishga muhim e'tibor sezilmoqda. Shu sababli ham sobiq xo'jalik nizolarini ko'rib hal etadigan arbitraj organi zamirida xo'jalik sudlari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Xo'jalik sudlari haqida maxsus huquqiy me'yor berilgan bo'lib mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o'rtasidagi, shuningdek tadbirkorlik o'rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan Xo'jalik nizolarini hal etish Oliy Xo'jalik sudi va quyi Xo'jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Bunda xo'jalik sudlarining nizolarini hal etishda ularga xos xususiyatlari mavjudligini ko'ramiz. Konstitutsiyada belgilanganidek, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sudda himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilish huquqi kafolatlanadi.1 Xo'jalik sudiga manfaatdor shaxs o'zining buzilgan va nizolashilayotgan huquqi yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishi, belgilangan tartibda murojaat qilish huquqi berilgan. Xo'jalik sudi iqtisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar hamda qonunlar bilan uning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni hal qilish yo'li bilan odil sudlovni amalga oshiradi. Xo'jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: 1) iqtisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan va nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; 2) iqtisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko'maklashish. Xo'jalik sudlarida ish yuritishning subyektlari bo'lib, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shu jumladan jamoa xo'jaliklari, turli mulkchilik shakllariga asoslangan xususiy va kushma korxonalar xalqaro birlashmalari, davlat hamda boshqa idoralar, iqtisodiy masalalar bo'yicha shug'ullanuvchi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida va «Sudlar to'g'risida»gi qonunda, xo'jalik sudlarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tartibi, tizimi Xo'jalik protsessual kodeksi1 va shular asosida qabul qilingan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mazkur qonun hujjatlari nizolarni ko'rishda ishtirok etadigan barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 82.8 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 82.8 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga