«O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat»o'quv fanining predmeti, uslublari va ahamiyati Reja 1. «O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat» o'quv fanining predmeti 2. «O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat» o'quv fanining ahamiyati va o'rganish uslublari Mustaqil O'zbekiston ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan bosqichma-bosqich olg'a bormoqda. Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalarda o'tkazilayotgan islohotlar Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan beshta tamoyil, ya'ni iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; boshqaruv va xo'jalik yuritishning barcha pog'onalarida qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida amalga oshirilmoqda. Islohotlar ko'p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, unda mukammal qonunchilikni yaratish, uning so'zsiz bajarilishini ta'minlash, aholi va mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash muhim yo'nalishlar hisoblanadi. Bu jarayonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur organlar va xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati - normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o'tkazish, qabul qilish jarayonidan boshlab, to ularning ijrosini ta'minlashgacha; xo'jalik shartnomalarini tuzish, o'zgartirish, bekor qilish va bajarish; mulkni saqlashni huquqiy vositalar bilan ta'minlash; mehnat qonunchiligiga rioya qilish va mehnat intizomini mustahkamlash; tegishli organlar va xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda va boshqa tashkilotlarda himoya qilish; huquqiy tarbiya ishlarida faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham yuridik xizmat faoliyatini o'rganish va bu soha uchun kadrlar tayyorlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik xizmat davlat va xo'jalik boshqaruvidagi hamda iqtisodiyotdagi huquqiy ishlarning tashkilotchisi va asosiy ijrochisidir. Huquqiy ishlarning asosiy yo'nalishlariga quyidagilar kiradi: qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida normativ-huquqiy va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish; huquqiy ishning har bir subyektiga uning bevosita funksiyalari sohasiga xos bo'lgan boshqaruv, tashkiliy-tezkor faoliyat bilan bog'liq takliflarni amalga oshirilishini tashkil qilish; shartnoma va talabnoma-da'vo ishlari, xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish; kasaba uyushmasi qo'mitalariga, mazkur tashkilot doirasida faoliyat ko'rsatayotgan o'zini-o'zi boshqarish organlariga huquqiy yordam ko'rsatish; boshqaruv-xo'jalik amaliyotida fuqarolik, xo'jalik, moliya, mehnat, tabiatni muhofaza qilish va boshqa huquq tarmoqlari normalariga amal qilish ustidan ichki idoraviy va ichki xo'jalik nazoratini amalga oshirish, huquqni buzish holatlarini bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish; Respublikada huquqiy ishlarni amalga oshirilishi ustidan umumdavlat nazoratini ta'minlash, unga umumiy va uslubiy rahbarlik qilish; boshqaruv organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar amaliyotiga bozor munosabatlariga o'tish vazifalarini hal qilinishini ta'minlovchi yangi huquqiy asoslarni yaratish; tajribaga tayangan holda vakolatli organlar va mansabdor shaxslarga amaldagi qonunchilikning samaradorligini pasaytiradigan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.11 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.11 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc