O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi va tuzilishi

O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi va tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi va tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi va tuzilishi Reja 1-. O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi 2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati 3-. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati 4- Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati 5-. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida huquqiy ishlarni takomillashtirish mustaqil davlatimizda insonparvar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish vazifasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu vazifani amalga oshirishda davlat organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati muhim rol o'ynaydi. Yuridik xizmat xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, yani ishlab chiqarish va xo'jalikni boshqarishning hamma bo'g'inlarida, vazirlik, idora, uyushmalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek hokimliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlarida mavjud. Biroq, davlat hokimiyatining oliy organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidagi huquqiy ishlar xususiyatlari, hajmi va yo'nalishlari bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. Shu sababli turli davlat organlari hamda xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati faoliyatining mazmun-mohiyatini aniqlash uchun ushbu masalaga tizimli yondashish talab etiladi. Aynan tizimlilik fan predmetini o'rganishning usullaridan biri bo'lib hisoblanadi. Yuridik xizmat tuzilishi, huquqiy maqomi va faoliyati asosiy yo'nalishlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi tizimdan iborat: a) davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati; b) Respublika va mahalliy davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati; v) viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati; g) xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar) yuridik xizmati. 2-. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashining yuridik xizmatlari tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatining vazifalari, funksiyasi, huquq va majburiyatlari mazkur organlar tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yuridik xizmati O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonuniga, 2004 yil 2 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati azosining maqomi to'g'risidagi hamda 2003 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to'g'risidagi qonunlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatiga tashkiliy-huquqiy xizmat ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yuridik xizmati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining 2005 yil 7 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga