O'zbekiston Respublikasida zamonaviy davlat hokimiyati vakillik organlarining tarixi va rivojlanish bosqichlari Reja: 1-. Totalitar tuzum davrida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich (1991-1995 yillar) 3-. Bir palatali parlament tizimida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati (1995-2004 yillar) 4-. Parlament islohotlarining ijtimoiy zaruriyati. Ikki palatali parlament tizimining o'ziga hos xususiyatlari 5-. Parlament islohotlari jarayonida I.A.Karimovning jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish g'oyalarining ahamiyati O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi qabul qilinishiga qadar, ya'ni sobiq SSR mavjud bo'lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining har bir bosqichi uchun alohida qonun qabul qilingan edi. O'zbekiston Respublikasida viloyat, shahar, tuman, qishloq va posyolka xalq deputatlari Sovetlari to'g'risidagi qonunlar mavjud edi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining 1980 yil 14 martda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi xalq deputatlari posyolka Sovetlari to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1980 yil, 9-son), 1980 yil 14 martda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi xalq deputatlari qishloq Soveti to'g'risida»gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1980 yil, 9-son), O'zbekiston Respublikasi shaharlari, posyolkalari va qishloqlaridagi mahalla (kvartal) qo'mitalari to'g'ri-sidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1983 yil 4 iyuldagi Farmoni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983 yil, 20-son), O'zbekiston Respublikasi grajdanlarining istiqomat joylardagi umumiy yig'ilishlari, yig'inlari to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1988 yil 30 noyabrdagi Farmoni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988, 34-son) bekor qilindi. 2-. Davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich (1991-1995 yillar) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisining qonun qabul qilish faoliyatiga shunday baho beradi: «Respublika parlamenti qonun yaratuvchilik faoliyati bilan faol shug'ullanmoqdaki, u yosh mustaqil davlatning shakllanishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta'minlashga qaratilgandir»1. Haqiqatan, O'zbekiston mustaqillikka erishmasidan oldin ham Respublika Oliy Soveti qonun qabul qilish faoliyati bilan shug'ullangan, lekin uni hozirgi Oliy Majlisning qonun qabul qilish faoliyati bilan taqqoslasak, juda katta farqni ko'ramiz. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n ikkinchi chaqiriq o'n uchinchi sessiyasi «Mahalliy davlat hoki-miyati to'g'risida», «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida», «Qimmatli qog'ozlar va fond birjasi to'g'risida», «Davlat statistikasi to'g'risida», «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida», «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida» va boshqa qonunlarni qabul qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n ikkinchi chaqi-riq o'n uchinchi sessiyasining kun tartibida o'ttizta masala bor edi1. Umuman, Oliy Kengash o'z vakolati davrida ikki yuzdan ortiq qonun va besh yuzdan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu holat Oliy Kengash faoliyatining ham ma'lum darajada samarali bo'lganini ko'rsatib turibdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.03 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.03 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc