O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar Reja: 1. O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarning umumiy tavsifi 2. Davlatga xoinlik qilish va josuslik jinoyati tushunchasi, yuridik tahlili. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish jinoyatlari tushunchasi va yuridik tahlili 4. Qo'poruvchilik jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. 5. Davlat sirlarini oshkor qilish va davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo'qotish jinoyatlari tushunchasi, yuridik tahlili. 1.Davlatga xoinlik qilish (JKning 157-moddasi) Davlatga xoinlik qilishning bevosita obyekti O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini tashkil qiluvchi va suverenitetdan, hududiy daxlsizlikdan, xavfsizlikdan, o'zini himoya kila olishlikdan va davlatning iqtisodidan tashkil topuvchi tashqi xavfsizligi hisoblanadi. Davlatga xoinlik qilishning obyektiv tomoni O'zbekiston Respublikasining suverenitetiga hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa kudratiga, iqtisodiyotiga ziyon etkazadigan dushman tomonga utish, josuslik qilish, chet davlatga, chet el tashkilotlari yoki ularning vakillariga O'zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishida yordam berish va chet davlatga boshqa yordamlarni ko'rsatishda namoyon bo'ladi. subyektiv tomondan davlatga xiyonat qilish ongli ravishda faoliyatni takozo etadi. Bu mazkur jinoyat tarkibi belgilarini tavsiflashda maxsus kayd etiladi. Agar davlatga xoinlik qilish O'zbekiston Respublikasi tashqi xavfsizligiga ziyon etkazishdan iborat bevosita garaz bilan sodir etilsa, baholash shubxa tugdirmaydi. Shaxsga davlatga xoinlik qilishdek aybni va mazkur jinoyatni unga tashqi jinoyatga o'xshash jinoyatlardan ajratishda aybdorning shaxsi va uning xulk-atvoridagi sabablar muhim urin egallaydi. Ularni o'rganish sodir etilgan kilmishning ijtimoiy-siyosiy manosini aniqlashga yordam beradi. Davlatga xoinlik qilish sababi va maqsadi turlicha bo'lishi mumkin, (separatistik dunyoqarash, ko'ra olmaslik va boshqalar) hamda Ko'rilayotgan jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir qilmaydi. JKning 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti fakat 16 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi mumkin. Davlat sirlarini fosh etish ko'rinishida sodir etilgan davlatga xoinlik qilish jinoyati subyekti fakatgina bu sirlar xizmat yuzasidan unga topshirilgan bo'lsa yoki xizmati yuzasidan malum bo'lib kolgan bo'lsa, yoki boshqa yo'l bilan uning mukiga aylangan shaxs bo'lishi mumkin. Davlat sirlarini yig'ish yoki ugirlash holatlari bundan mustasnodir. Agar shaxs davlat sirlariga «tasodifan» ega bo'lsa (masalan davlat sirlarini tashkil etuvchi buyumlar topilmasining egasi bo'lsa) va ularning sirligini bilib turib shunda xam xorijiy davlatga fosh etsa bu harakat xam JK ning 157-moddasi bo'yicha jinoiy javobgarlikka loyiqdir. JK ning 157- moddasi 2 va 3-qismlarida davlatga xoinlik qilish uchun jalb qilingan shaxs uchun ragbatlantirish me'yori bo'lgan so'nggi imkon, boshqacha qilib aytganda «oltin ko'prik» yani davlat manfaatlariga etadigan zararni hamda jinoiy javobgarlikka tortilishni oldini olishning imkoni mavjud. JK ning 157-moddasi 2-qismida belgilab quyilgan «chet el davlat yoki tashkiloti tomonidan O'zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar etkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi o'zining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.89 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.89 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga