O'zbekiston Respublikasining 200 yil 15 dekabrdagi Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonunning mazmun-mohiyati RYeJA: 1. Terrorizm va uning mohiyati. 2. Terrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari. 3. Terrorizmga qarshi kurash. Adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasining 200 yil 15 dekabrda kabul qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi qonuni. 2. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 iyundagi Ekstremizmga qarshi harakat to'g'risidagi qonuni. 3. Sh. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik davlatni birgalikda barpo etamiz , Toshkent 2017 y. 4. I.A. Karimov. Xavfsizlik va barqarorlik yo'lida , Toshkent 200 y. 5 A. Ochildiev, «Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari». Toshkent -2008 y. 6. Sidorenko A. G., Tixomirov Yu. V. Terrorizm i antiterroristicheskaya bezopasnost v kontekste istorii i sovremennoy geopolitiki. Iz-vo Kuchkovo pole. M., 2011. 7. Ya.D.Vishyakova, « Osnovi protivodeystviya terrorizmu», Moskva, 2006 g. «Ekstremizm»- (lotincha - «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarash va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus berish diniy ekstremizmga olib keladi. «Diniy ekstremizm» - jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. «Terror»- (lotincha - «qo'rqitish», «vahimaga solish») - aholining keng qatlamlarida dahshat va qo'rquv uyg'otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Terrorizm- esa terror amaliyotidir. Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qaratilgan zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar. Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi Hozirda dunyoda ko'plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo'lib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida al-Qoida, Hizbut-tahrir al-islomiy (Ozodlik islomiy partiyasi), al-Jihod, at-Takfir val-hijra (Takfir va xijrat), Turkiston islom harakati, Islomiy jihod ittihodi (Islomiy jihod uyushmasi), ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
454.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
454.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: pptx