O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalari

O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: «O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tashkil etish masalalari» M u n d a r i j a Kirish3 -13 I Bob Davlat hokimiyati vakillik organlari: tushunchasi, huquqiy maqomi va uning davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni 1.1. Davlat hokimiyati vakillik organlari tushunchasi va tizimi14 - 24 1.2. Parlament - oliy davlat vakillik organi25 -27 II Bob. Davlat hokimiyati vakillik organlarining ichki tuzilishi, o'ziga xos jihatlari 2.1. Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining tashkil etilishi28 - 32 2.2. Davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari. 33 -37 2.3. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimi va ish faoliyatining shakllari38 - 40. II. Bob Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati xorijiy davlatlar tajribasida: qiyosiy-huquqiy tahlil. 3.1. Xorijiy davlatlar davlat hokimiyati tizimida vakillik organlarining tutgan o'rni 41 -44 Xulosa45 - 56. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati57-60 KIRISh O'zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini belgilab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanib, Respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo'linish prinsiplariga mos davlat organlari tizimi shakllantirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Biz barpo etayotgan davlat eng avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim , deya takidlagan etirofi amalda to'la o'z ifodasini topdi. O'zbekiston o'z oldiga kuchli demokratik davlat -erkin fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib oldi. Malumki, demokratik boshqarishning eng muhim jihatlari «huquqiy davlat» tushunchasida jamlangan. U davlat suvereniteti, qonunning ustuvorligi, hokimiyatlarnng bo'linishi, shaxs huquqlari va erkinliklarining poydorligi tamoyillari asosiga quriladi. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi demokratik davlat hisoblanib, uning Asosiy Qonuni xalq hokimiyatchiligi prinsipiga asoslanadi va butun mazmun - mohiyati bilan ana shu prinsipni mustahkamlaydi. Umuman, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining juda ko'p moddalariga xalq hokimiyatchiligi g'oyasi singdirilgan bo'lib, bunga ko'ra, hokimiyat amalda va qonun bo'yicha tanho xalqqa tegishlidir. Zero, xalq hokimiyatchiligi deganda hokimiyatning faqat xalqqa tegishli ekanligi, davlat xalq irodasini ifodalashi va uning manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi, davlatning asosiy vazifalaridan biri inson va jamiyatning farovonligini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi kerakligi tushuniladi. Ushbu tamoyillarning har biri bizning Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan. Shuning uchun ham ular huquqiy davlatchiligimizning konstitutsiyaviy asoslari sifatida qaraladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyatini tashkil etish masalalarini o'rganish, tahlil etish hamda ushbu institutning xorijiy mamlakatlar tajribasidagi ahamiyatini baholash orqali milliy qonunchiligimiz bilan qiyoslashga bag'ishlangan. Ushbu bitiruv malakaviy ishda vakillik organi deganda qanday organ tushunilishini va uning davlat hokimiyatining uch tarmoqli tizimida tutgan o'rnini aniqlash maqsadida ayrim nazariy savollarga, xususan, davlat tushunchasi o'zi nima, huquqiy davlat deganda nima ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 103.21 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 103.21 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga