O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Mustaqil ish Mavzu: O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida qonunlar Bajardi: Magistratura 208 Tadjiyev S.S Til fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli. Til milliy madaniyat shakli sifatida tafakkurning mevalari va madaniy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug'diradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasibilimlar, nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi. Til millat ruhining ko'zgusidir. Tilda millatning bor-yog'i, o'y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks retadi. Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkur va tuyg'usining natijasidir, uning yordamida bu tafakkur va tuyg'ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi. Har yili 21 oktyabr yurtimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. 1989 yil 21 oktyabr kuni Davlat tili to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo'lidagi muhim qadamlaridan biri bo'lgan edi.Malumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Ona tili - millatning ruhi hisoblanadi O'zbekiston RYeSPUBLIKASINING QONUNI Davlat tili haqida 1-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. 2-modda. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 4-modda. O'zbekiston Respublikasida davlat tilini o'rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshiriladi. 6-modda. O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi. O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o'zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. 10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko'pchiligi o'zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 5-modda. O'zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko'rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa - ularning tillarida faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi. 15-modda. O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o'z millatidan qati nazar, o'z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an'analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar. 16-modda. televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
619.31 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
619.31 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: pptx