O'zbekiston Respublikasining kadrlar siyosati

O'zbekiston Respublikasining kadrlar siyosati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasining kadrlar siyosati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining kadrlar siyosati Reja: 1. Kadrlar siyosati jamiyat taraqqiyotining muhim omili, bebaho boyligi ekanligi. 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning oldiga kuygan asosiy maqsadi. 1. Kadrlar siyosati jamiyat taraqqiyotining muhim omili, bebaho boyligi ekanligi. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichiga kutarilishi bilan bog'liq bo'lgan muammolarning eng dolzarbi bu kadrlar masalasidir. Chunki jamiyatni idora etishning yangi munosabatlari mexanizmi va usullari tamomila boshqacha tus olgan holda o'ziga xos murakkablashib boradi. Ana shunday sharoitda kadrlar siyosati yana xam muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylanadi. Bu dolzarb muammoni xar jihatdan puxta va mukammal holda oqilona xal etish xar qanday davlatning, u kaysi ijtimoiy- siyosiy tizimda bo'lishidan katiy nazar, eng zaruriy va mas'uliyatli vazifalaridan biriga aylanishi obyektiv qonuniyatdir. Chunki hayot okimini, jamiyat iqtisodiy- siyosiy rivojlanishidagi yo'lini belgilab olish va amaliy hayotda to'g'ri yo'naltirish xar tomonlama bilimdonlikni, katta hayotiy tarzini takozo etadi. Shuning uchun xam yuksak aqliy kamolotga erishgan, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash, tanlash ulardan to'g'ri o'z o'rnida bilib foydalanish xar qanday davlatning yutugini taminlovchi, rivojiga rivoj kushuvchi bosh omil hisoblanadi. Siyosiy va ijtimoiy bokaruv tizimlarida ishlaydigan ishbilarmon mutaxasislarni tayyorlash, tarbiyalash va ulardan foydalanishning ilmiy nazariy va uslubiy jihatdan puxta va aniq rejalarni ishlab chiqish hamda undan adolatlik qoidalariga tula amal kilgan holda uni amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Kadrlar siyosati masalasida izchil va aniq reja asosida, mas'uliyatni tula his kilgan holda ish yuritilmasa, u davlat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdan orqada keladi va boshqarish dastaklariga putur etadi, mamlakat tanazulga uchraydi. Bunday holatni biz sobiq ittifoqning inqirozi bilan bog'liq jarayonlarida yakkol ko'rishimiz mumkin. sobiq ittifoqning elitasi etmish yil davomida aristokratlashib borganligi oqibatida jamiyatni idora etuvchi guruhning safi zaiflanib nokobil, iktidorsiz kadrlar bilan tuldirilishi uning inqirozining asosiy sabablaridan biri buldi. sobiq ittifoq davrida kadrlar siyosati kupol ravishda tuzildi, ayniqsa bu milliy va mahalliy kadrlarga nisbatan siyosatda kurindi. Kadrlarni tanlashda va joy- joyiga kuyishda tanish bilishlik, oshna- ogaynigarchilik, karindosh- urugchilikning avj olishi kadrlarni g'oyaviy, siyosiy, ma'naviy jihatdan bushashtirib yubordi va sifati buzildi. mustaqillik tufayli yurtimizda kadrlar siyosati yaramas illatlardan xoli bo'lishligi, jamiyat ravnaki yo'lida fidoiyllik ko'rsatishga kobil, kalbi vijdoni toza bo'lgan, tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish uchun yul ochildi. mustaqillikning mas'uliyati juda ogir. Bu mas'uliyatni chidamli, o'tmishi baquvvat xalqigina, millatgina eplaydi. Bugungi mustaqil mamlakatimizning kadrlar siyosati ajdodlarimiz o'g'iti, ma'naviy qadriyatlar asosida yaratilmokda. Kadrlar tayyorlash konsepsiyasini nazariyadagina emas, shuningdek amaliyotda xam o'z yechimini topmokda. Birinchi navbatda katta ilmiy salohiyatga ega ekanligimizni hisobga olib yangi institutlar, universitetlar, akademiyalar tashkil topdi. O'zbekistonda o'quv yurtlarining keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga