O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatning huquqiy asosi 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi, suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlashtiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o'rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e'tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O'z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas'uldirlar. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o'rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o'ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro mas'ulligi g'oyasiga asoslanadi. Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o'zaro munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi. Konstitutsiyaviy davlat - mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta'minlaydigan va kafolatlaydigan davlatdir. Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya'ni mamlakatning ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-irodasining mahsuli bo'lib, bunday hokimiyatni amalga oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prinsipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prinsip: Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish erkinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Qonunda man etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni sodir etish mumkin bo'ladi va buning uchun yuridik javobgarlik kelib chiqmaydi. Ikkinchi prinsipning ma'nosi shundaki, bunda davlat idoralari va mansabdor shaxslar o'zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ravishda harakatlanishlari lozim bo'ladi. Konstitutsiyaviy davlatda hokimiyatning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi konstitutsiyada mustahkamlab qo'yiladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan hokimiyat organlarini tashkil etish mumkin emas. Konstitutsiyaviy davlat, eng avvalo, davlatning huquq bilan uzviy bog'liqligidir. Konstitutsiya inson va fuqaroning shu hokimiyat tomonidan kafolatlangan huquqlarini mustahkamlaydi va ana shu huquqlarga mutanosib tarzda davlat hokimiyatini cheklaydi. Savol va topshiriqlar: 1. «Shaxs - jamiyat - davlat» munosabatlariga misol keltiring. 2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat mustaqilligi, davlat boshqaruvi, davlat tuzilish shakli va siyosiy tartibot qanday ifodalangan? Fikringizni asoslang. 3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasini o'qing. Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz? 4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquqlaringizni bilasizmi? 5. Ularni to'laqonli amalga oshirishda sizning qanday ishtirokingiz mavjud? 6. Inson huquqlari va burchlari o'rtasida qanday munosabat mavjud bo'lishi mumkin? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx