O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy taraqqiyot istiqbollari Reja 1. Jamiyatni demokratlashtirish- Konstitutsiyani hayotga tatbiq etishning muhim sharti 2. Konstitutsiya va siyosiy-huquqiy islohotlar 3. Jamiyatning barcha sohalarini demokratlashtirish va yangilashning konstitutsiyaviy asoslari 4. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 5. Konstitutsiya va ko'ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish 6 Konstitutsiya va nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini rivojlantirish 7. Mahalla va o'zini o'zi boshqarish organlari: demokratlashtirish va zamonaviylashtirish 8. Konstitutsiya va mustaqil to'rtinchi hokimiyat 9. Konstitutsiya va Inson huquqlari bo'yicha demokratik institutlar tizimining takomillashib borishi 10. Konstitutsiya va oila 1-. Jamiyatni demokratlashtirish - Konstitutsiyani hayotga tatbiq etishning muhim sharti O'zbekiston Respublikasi uchun XXI asr boshida hayotimizning barcha sohalarini Konstitutsiya normalari asosida jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish yo'lida ustuvor vazifalarni aniqlab, yaqin kelgusidagi faoliyatimizning bosh maqsad va mazmunini belgilab olishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzalari alohida o'rin tutadi. Ma'lumki, mustaqillikning o'tgan qisqa tarixiy davrida mamlakatimiz ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ham tub islohotlar izchil amalga oshirildi. Hur O'zbekiston erkin demokratik konstitutsiyaviy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdek buyuk maqsad sari o'ziga xos va o'ziga mos taraqqiyot yo'lidan bormoqda. Hayotning o'zi, jamiyatni demokratlashtirish va yangilashning, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning o'zbekcha modelini tanlangan yo'limiz va tamoyillarimizning to'g'ri ekanini ko'rsatmoqda. Qisqa fursatda O'zbekistonda Konstitutsiya zamirida tamomila yangi siyosiy va huquqiy tizim shakllandi. Fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy ongi va tafakkurida, dunyoqarashida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Odamlarimizning mustaqilligimizni mustahkamlash borasidagi ezgu niyatlarining qat'iyligini 2002 yilgi umumxalq referendumi va 2004 yilgi ikki palatali Oliy Majlisga hamda mahalliy Kengashlarga bo'lib o'tgan saylovlar yana bir bor tasdiqladi. Darhaqiqat, odamlarimizda hozirgi zamonning mohiyatini tushunishga intilish, siyosiy va huquqiy islohotlarda faol ishtirok etishga bo'lgan harakat hissi kuchayib bormoqda. Shu munosabat bilan jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishning hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari va ustuvor yo'nalishlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda hayotning barcha sohalarini demokratlashtirish zarurligini anglab yetish xalqning ichki ehtiyojlariga va jamiyatning siyosiy va huquqiy islohotlar muqarrarligini ta'minlashga intilishiga asoslangandir. Faqat konstitutsiyaviy davlat va adolat fuqarolik jamiyati sotsial taraqqiyot va siyosiy barqarorlikni, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Jamiyatni demokratlashtirish deganda nimani tushunish kerak? Birinchidan, shaxs, jamiyat va davlat tomonidan jahonda umum e'tirof etilgan demokratik-huquqiy qadriyatlarni mamlakat aholisining madaniy-tarixiy tajribasi va ijtimoiy ruhiyatidan kelib chiqqan holda o'zlashtirishning tadrijiy jarayonini. Ikkinchidan, millat hayoti va faoliyatining barcha ijobiy mexanizmlarini yangilash va konstitutsiyaviy qadriyatlarga moslashtirishni tushunmoqni anglatadi. Hayotimizning barcha sohalarini demokratlashtirish yo'li o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o'zgarishlarning asosiy bog'lovchi bo'g'iniga aylandi. Hozirgi dunyoda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc