O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari

O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat organlari Reja: 1. О'zbekiston Respublikasida Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari tizimi. 2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy vazifalari. 3. Fuqarolarning о'zini-о'zi boshqarish organlarining tuzish tartibi va vazifalari. О'zbekiston Respublikasida Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlari tizimi. Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bо'ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bо'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini kо'zlab о'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar deb ta'kidlangan Hokimiyatning vakillik va ijroiya organlari joylarda ularga berilgan vakolat doirasida mustaqil faoliyat yuritadi. Mahalliy Kengashlar vakillik organi hisoblanadi, ular о'z qarorini jamoa asosida qabul qiladi. Hokimlik instituti esa milliy davlatchilik boshqaruvining tarihiy tajribalari va an'analarini hisobga olgan holda tuzilgan. Hokimlar mahalliy vakillik organlariga hamda ijroiya hokimiyatga rahbarlik qiladi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga tayyorgarlik ishlariga rahbarlik qiladi, sessiyani chaqiradi, sessiya haqida deputatlarni va aholini habardor qiladi, sessiya ishiga rahbarlik qiladi hamda sessiyada qabul qilingan qarorlarni imzolaydi. Xalq deputatlari Kengashlariga saylanadigan deputatlar orasida aholining hamma qatlamlariga tegishli kishilar, turli kasb, turli millat, turli yosh, turli partiya, turli jins vakillari bor. Demak bu organ haqiqatan ham vakillik organidir. Mahalliy hokimiyat oranlari ihtiyoriga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning havfsizligini ta'minlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish, mahalliy kommunal hо'jalikka rahbarlik qilish,atrof-muhitni muhofaza qilish,fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash, normativ hujjatlarni qabul qilish hamda О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va О'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish (Konstitutsiyaning 100-moddasi). Xalq deputatlari kengashi mahalliy byudjet va uni amalga oshirish haqidagi hisobotni tasdiqlaydi. Ular mahalliy soliqlar va boshqa yig'imlar hajmidan kelib chiqib qonunga asosan aniqlanadi. Bu о'z-о'zidan mahalliy soliqlar, yig'imlar va tо'lovlarga nisbatan imtiyoz yaratadi. Bu о'rinda Mahalliy davlat hokimiyati tо'g'risidagi qonunda vakillik organlari bilan ijro organlarining bu masaladagi vakolatlari ajratib kо'rsatilgan. Agar byudjet loyihalarini, byudjetning ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash, ijroni tashkil qilish hokimiyat vakolatiga kirsa, unda byudjetni, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga kiradi. Byudjet ijrosini nazorat qilish har ikkalasining vakolati doirasiga kiradi. Mazkur moddada e'tirof etilganidek, mahalliy hokimiyat organlari о'z hududida kommunal hо'jalik faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga rahbarlik qiladi. Mahalliy hokimiyat organlari о'z hududida fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlaydi, fuqarolik holati aktlarini qayd qiluvchi organlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi. Agar tuman va kichik shaharlarda bu ishlarni bevosita mahalliy hokimiyat organlari amalga oshirsalar, viloyatlarda va Toshkent shahrida bu vazifa shu joylardagi adliya organlari orqali yо'lga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.56 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.56 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga