O'zbekiston Respublikasining milliy - davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishi Reja 1 .Milliy davlat tuzilishi va uning shakllari. 2.Federatsiya va avtonomiya to'g'risidagi ta'limot. 3.O'zbekiston Respublikasining ma'muriy va hududiy tuzilishi. Davlat tuzilishi davlat shaklining bir turidir. Bu ibora davlatning shakli, davlatni idora qilish shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy tartib (rejim) kabi kator tushunchalarning yig'indisini anglatadi. Davlat tuzilishi deganda davlatning siyosiy va ma'muriy ќududiy tuzilishi, uning bo'laklari, uning markaziy organlari, bu organlarning joylardagi maќalliy organlar bilan o'zaro aloqalari xususiyati tushuniladi. Milliy davlat tuzilishi deganda eca, davlatning tuzilishi, uning ma'muriy-ќududiy bo'linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlarining o'zaro munosabatlari, davlat va uning tarkibiy qismlarining ќuquqiy ќolati, ularning vakolatlari tushuniladi. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadlar bilan belgilanadi. Davlat tuzilishiga va uning shakliga uch narsa ta'sir etadi: 1)muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iqtisodiy vazifalar va siyosiy maqsadlar; 2) davlatdagi millatlarning soni va o'zaro munosabatlari; 3) davlat ќududining katta va kichikligi. Davlat tuzilishi yoki milliy-davlat tuzilishi ќozirgi davrda shu davlatning oldida turgan iqtisodiy vazifalari nimalardan iborat, bu davlatda yashayotgan ќar bir millat va elat o'z takdirini o'zi belgilash ќuquqiga egami, ular o'zlarining milliy suverenitetiga egami, bu davlat bir millatli davlatmi, tuzilishi bo'yicha ma'muriy - ќududlarga bo'linadimi, yagona qonun chiqaruvchi organlari bormi, bu davlatda yagona fuqarolik joriy qilinganmi yoki davlat ittifoq davlatmi, uning tarkibiga kiruvchi davlatning ќuquqiy ќolati qanday kabi savollarga javob berilishi kerak. 2. Davlat tuzilishi oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ, imperiya) bo'lishi mumkin. Unitar yoki oddiy davlat bu shu davlatning ma'muriy-ќududiy qismlar (viloyatlar, tumanlar, rayonlar, grafklar. guberniyalar va shu kabilar)ga bo'linib, yagona tizimdagi ќokimiyat va boshqarish organlariga, konstitutsiyaga, fuqorolikka, muayyan ќududga, davlat chegarasiga va o'z qonunchiligiga ega bo'lishidir; Ќozirgi zamonda ko'pchilik davlatlar davlat tuzilishi bo'yicha unitar davlatlardir (masalan, Italiya, Fransiya, Angliya, Ukraina, Belorussiya, Qozog'iston, Qirg'iziston). Unitar davlatlar ќududida boshqa mustaqil davlatlar bo'lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma'muriy-ќududiy bo'linmalar faqat maќalliy masalalarni ќal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyatining kuchi davlatning butun ќududiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Murakkab davlatlarga imperiya va konfederativ davlatlar ќam kiradi. Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlari o'z ќukumatiga va sud organlariga ega bo'lgan bir necha davlatlar birlashmasidan, ittifoqidan tashkil topadi (bunda tarkibiy qismlar ќar xil davlatlarda o'ziga xos nomlar bilan - Respublika, shtatlar, kontonlar, yerlar deb ataladi). Federativ shakldagi davlatlar hozirgi zamon davlatlarida kuprok uchraydi. Federativ davlat bu - bir necha suveren davlatlarning ittifoqidan tashkil topgan yangi suveren davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, konstitutsiyasi, byudjeti davlat ramzlari bo'lishi bilan birga unga kiruvchi davlatlarning xam ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.19 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.19 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc