O'zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi qonunida intellektual mulk obyektlari Reja: «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qamragan intellektual mulk obyektlari «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi qonunida ko'rsatilgan asosiy tushunchalar Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarning muhofaza etilishi to'g'risida 1. «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qamragan intellektual mulk obyektlari O'zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 23 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2006 yil 9 iyunda maqullangan. Ushbu Qonunning maqsadi fan, adabiyot va san'at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi. Ushbu qonunga muvofiq mualliflik huquqi: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan yoki O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turish joyiga ega bo'lgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga; mualliflarining fuqaroligi va doimiy turish joyidan qatiy nazar, O'zbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga; O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi. Agar asar O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so'ng o'ttiz kun ichida O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O'zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchu nasos bo'lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo'lgan bo'lsa, o'sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi. Mualliflik huquqi obyekti. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qati nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo'lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi: yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va h.k.); og'zaki (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va h.k.); ovozli yoki vide yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va h.k.); tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, vide- yoki fotokadr va h.k.); hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va h.k.); boshqa shakllardagi. Mualliflik huquqi g'oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi obyektlari bo'lgan asarlar. Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlaridir: adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publitsistik va boshqa asarlar); drama va sssenariy asarlari; matnli yoki matnsiz musiqa asarlari; musiqali drama asarlari; xoreografiya asarlari va patomimalar; audiovizual asarlar; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.86 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.86 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc