O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimi

O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimi Reja: O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimining shakllanishi. O'zbekiston Respublikasi huquq tizimining asosiy huquq sohalari O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimining shakllanishi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi sifatida huquqiy islohotlarning uzluksiz sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotganligi qonun ustuvorligini ta'minlash, davlat va oila manfaatlarini uyg'unlashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishomilini yaratmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, «Avval boshdanoq biz o'zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik - zarur huquqiy omillarni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me'yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib, islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini yaratib bo'lmaydi. Keyingi yillarda qonun chiqarish tizimining o'zigina emas, balki qonun va meyeriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish mexanizmi vujudga keldi». Prezidentimiz e'tirof etgan zarur huquqiy omil bu - davlatimizning mustaqil huquq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog'liq jarayondir. Zero, har bir mustaqil davlat o'zining huquqiy tizimiga ega bo'lmog'i lozim bo'ladi. Davlatimiz oldiga qo'yilgan pirovarda maqsadlarimiz bo'lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish ham shuni talab etadi. Xususan, huquqiy davlat barpo etish birinchidan, kuchli tartibdagi hokimiyat mexanizmi mavjud bo'lishiligini; ikkinchidan, demokratik jamiyat talabiga javob beradigan milliy huquq tizimining yaratilishini; uchinchidan, davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonun normalariga rioya etilishini; to'rtinchidan, fuqarolaning yuksak darajada huquqiy madaniyat saviyasiga ega bo'lishligini talab etadi. Shu boisdan ham istiqlol islohotlarining huquqiy negizlarini yaratishga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq alohida e'tibor qaratildi. Huquqiy davlat talablariga javob beradigan milliy huquq tizimini yaratish zaruratini ham aynan istiqlol islohotlari taqozo etdi. Malakatimiz huquq tizimida yangi huquq normalarini ishlab chiqish va qabul qilish bir sabablar tufayli bajarilishi shart masalalardan biriga aylangani bejiz emas edi. Masalan, huquq tizimining iqtisodiy islohotlar bilan bog'liq qismini takomillashtirishga quyidagilar sabab bo'ldi: Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan qonunlar avvalgi totalitar tuzumni himoya qilish manfaatlariga xizmat qilardi. Islohotlarni olg'a surish uchun esa huquq, qonunchilik tizimi yangi demokratik tuzumga, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga va qo'yilgan vazifalarga muvoviqlashtirilishi darkor edi. Ikkinchidan, ilgari qabul qilingan huquq normalarining ko'pchiligi umumxalq talablariga batamom moslashtirilmagan bo'lib, mamlakatimizning o'ziga xos mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olmas edi. Uchinchidan, yangilanish va taraqqiyotda O'zbekiston tomonidan o'z yo'lining tanlanganligi va shu asosda boshqa mamlakat qonun hujjatlaridan foydalanishlikning davlat uchun nomaqbulligi. Mustaqillik jamiyatimizda huquqiy uyg'onish davrini boshlab bergan muqaddas ne'mat ekanligi shubhasiz. «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yuridik tamoyillar va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi» deb ta'kidlaganda Prezidentimiz mutlaqo haq edi. Prof. H.T.Odilqoriyevning fikricha, mustaqillik huquq tizimida yangi hisoblanmish quyidagilarni tuhfa etdi: institutsional huquqiy qadriyatlar(Prezidentlik lavozimi, Parlament instituti); ma'naviy-huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga