O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Reja: 1. Prezidentlik boshqaruv tushunchasi; 2. O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvi; 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyati. Prezidentlik boshqaruv tushunchasi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Maxkamasining Raisi hisoblanadi. Prezidentning davlat markaziy organlari tizimida tutgan o'rni davlat boshqaruvining shakliga bog'lik. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar Respublika turi o'rnatilsa, bu holda Prezident fakat davlat boshlig'i vazifasini bajaradi va u ijroiya hokimiyatiga rahbarlik kila olmaydi. Shuning uchun xam boshqaruvning parlamentar Respublika shaklida prezident davlat organlari tizimida markaziy o'rinni egallaydi. boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i hisoblanadi. U davlat organlari tizimida markaziy o'rinni egallaydi. boshqaruvning prezidentlik Respublika shakli hozirgi kunda yirik rivojlangan mamlakatlardan AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarda va shuningdek, rivojlanayotgan Respublika shaklidagi mamlakatlarning kariyb barchasida o'rnatilgan. mustaqil Respublika Davlat boshlig'isiz yashay olmaydi, chunki prezidentlik instituti mustaqillikning asosiy belgilaridan biridir. Shuning uchun barcha xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarida, Prezident lavozimi bo'sh kolgan vaqtda uning o'rnini to'ldirish masalasi qonunda mustahkamlangan, turli davlatlarda bu masala turlicha xal etiladi. Chunonchi vitse-prezident lavozimi mavjud davlatlarda bo'sh kolgan prezident lavozimini keyingi navbatdagi saylovlargacha vitse-prezident egallaydi. Navbatdan tashqari saylovlar o'tkazilishi, Italiya va Fransiya Respublikalarida bu lavozimni egallovchi shaxs etib Parlament Oliy palatasi Raisi, Avstriya va Finlyandiyada esa hukumat boshlig'i bo'lishi mustahkamlangan. Agar Prezident lavozimi bo'sh bo'lsa, to'la muddatda prezident saylash uchun umumxalq Prezident saylovi o'tkaziladi. O'zbekistonda prezidentlik boshqaruvi Konstitutsiyaga muvofik, O'zbekiston Prezidenti davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'idir. Ayni vaqtda u Vazirlar Maxkamasining Raisi xam hisoblanadi. Respublika Prezidentining o'zi hukumat tarkibini tuzadi, uning faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Hukumat va uning a'zolari Prezident oldida hisob beradilar. Respublika Prezidenti davlat va millatning mushtarak birligi ramzidir. Mazkur sifatda Prezident O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. U davlat qonun chikaruvchi va ijroiya organlarining baxamjihat ishlashini ta'minlaydi. Respublika Prezidenti davlat va ijroiya hokimiyatlarining boshlig'i sifatida Respublika Konstitutsiya va qonunlariga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan Respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar, karorlar va farmoyishlar chikaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan o'z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa xak to'lanadigan lavozimni egallashi yoki vakillik, qonun chikaruvchi organning deputati bo'lishi mumkin emas. Bunday holat Respublika Prezidentining ijro etuvchi hokimiyatni boshqarishidan va «hokimiyat bo'linishi» prinsipiga asosan, qonun chikaruvchi hokimiyatdan mustaqil bo'lishi kerakligidan kelib chikadi. Shuning uchun xam Respublika Prezidenti bevosita saylovchilar tomonidan saylanadi va uning daxlsizligi qonun bilan mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi faoliyatni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.21 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc