O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Reja: 1.O'zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi 2.Vazirlar Mahkamasini - hukumatni shakllantirish 3.O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining huquqiy maqomi 4.Ishonchsizlik votumi 5.Vazirlar Mahkamasining tuzilishi 6.Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi 2019 yil 10-dekabr qonuni bilan tartibga solingan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo'naltirib boradi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - davlat boshqaruvining oliy organi bo'lib, davlat hokimiyati tizimida alohida o'ringa ega. Ijro hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarmog'i bo'lib o'z vazifasiga ega. 2007-yil 11-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar hamda Davlat boshqaruvini yangilash va yanada modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonun Vazirlar Mahkamasini mustaqil ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi organ sifatida faoliyat ko'rsatishi va Bosh vazir mavqei oshishiga olib keldi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv organlari tizimiga va o'zi tashkil etadigan xo'jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi hamda ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasining vazifasi aniqlashtirilsa, ular birinchidan, rahbarlik faoliyatini olib boradi, ikkinchidan, ijroni ta'minlaydi. Qonunlar, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlarining ijrosini ta'minlash, bevosita Vazirlar Mahkamasiga yuklanadi. Vazirlar Mahkamasi rahbarligi barcha sohalarga taalluqlidir. Ular iqtisodga, ijtimoiy, madaniy masalalarga taalluqli barcha sohalar faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradilar. Hozir barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishida, iqtisodimizning kuchli bo'lishida, mudofaa qobiliyatining kuchayishida, xalq turmush farovonligining oshishida O'zbekiston hukumatining olib borayotgan siyosati,tutgan o'rni katta rol o'ynaydi. . Vazirlar Mahkamasi (hukumat) * Bosh vazir * Bosh vazir o'rinbosarlari * Vazirlar * Davlat qo'mitalari raislari * Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati boshlig'i Yodda tuting! Hukumat ijro hokimiyatini amalga oshirish natijasida davlat va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalariga rahbarlik qiladigan, davlat boshlig'i va parlamentning hujjatlarini (qonun, qaror, farmon, farmoyish) ijrosini ta'minlovchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlovchi davlat hokimiyatining eng kuchli kollegial organidir. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo'shma maslisida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida 2011-yil 18-aprelda Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritildi. Uning natijasida Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga taalluqli 98-moddasi yangicha tahrirda bayon qilindi va Bosh vazirni parlament oldida hisob berib turishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx