O'zbekiston rivojiga tahdid solayotgan g'ayriqonuniy diniy oqim va terrorchilik tashkilotlari. Tariqatchilik, asliyat va mohiyat «Yashab turgan joydagi osoyishtalik uchun har bir rahbar, har bir fuqaro, butun jamoatchilik masuldir. Ichimizdan chiqqan aqli qusurlar, qalbi majruhlar bo'lmasa, bizni chetdan kelib hech kim enga olmaydi» I.Karimov XX asr nihoyasida jamiyat barqarorligi, xavfsizligiga tahdidlar majmuasida mafkuraviy tahdidning tarkibiy qismiga aylangan diniy ekstremizm hamda u bilan uzviy bog'liq xalqaro terrorizm bosh omil va keng qo'llanilayotgan uslub sifatida o'zini namoyon qildi. Ko'p asrlik islom madaniyati, xalqning turmush tarzi va tafakkuriga singib ketgan qadriyatlarni qatiy himoya qilishga qaratilgan mavqei tufayli ham ekstremistik harakatlar mintaqa davlatlari ichida O'zbekistonga alohida etibor qaratdilar va bir qancha buzg'unchi toifalar vujudga kelishiga sabab bo'ldilar. Bu o'rinda mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi ham tashqi xurujlarni chetlab o'ta olmadi. Bu hurujlar hozirga qadar davom etsada yurtboshimiznig o'ziga xos siyosati, oldindan ko'ra bilgan holda bo'lajak xurujlarni oldini olishga qartilgan izchil siyosat o'zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Afsuski kurash qurbonsiz bo'lmaganidek 1989 yildan 2009 yilgacha sodir etilgan turli ko'rinishlardagi diniy ekstremizga asoslangan davlat boshqaruvini konstitutsiyaga hilof ravishda o'zgartirib, islom davlatini qurish maqsadidagi siyosiy-terrorchilik harakatlari natijasida bir qancha begunox yurtdoshlarimizning qoni to'kildi. Shunday ekan mazkur risola birinchi navbatda kurashning birinchi qatorida borayotgan huquqni muhofazi qiluvchi idora vakillari va jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladigan chora tadbirlarni belgilashda, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tasarrufidagi oliy o'quv yurtlarining talabalari, diniy ekstremizm va terrorchilik kabi illatning asl mohiyati, uning ortida turgan yovuz kuchlarning maqsadalarini anglab olib, unga qarshi ma'rifiy asosda kurashni tashkillashtirish uchun xizmat qiladi degan umiddamiz. Muallif O'zbekiston Respublikasi rivojlanishiga tahdid solayotgan diniy ekstremistik oqim va terrorchilik tashkilotlar Hizbut tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi) norasmiy diniy-siyosiy partiyasiga 1953 yilda Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan. U 1948 yilga qadar terrorchilik amaliyoti bilan nom chiqargan Al-ixvon al-muslimun (Musulmon birodarlar) guruhining Falastin bo'linmasida faoliyat yuritgan. 1953 yili Asad Taxminiy, Xolid Hasan kabi maslakdoshlari bilan Al-ixvon al-muslimun guruhining o'z hududidagi a'zolarini yangi diniy-siyosiy partiya - Hizb ut at- tahrir al islomiy ga birlashtirgan. Dastavval, Falastinni yahudiylardan ozod qilishni ko'zlagan Nabahoniy, keyinchalik musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi yagona xalifalik davlatini qurishni partiyaning maqsadi deb elon qildi. Nabahoniy va uning izdoshi Abdul Qadim Zallumning Islom nizomi, Islom davlati, Xalifalik, Islomiy olamga qaynoq nidolar va Hizbut tahrirning tushunchalari, Demokratiya - kufr nizomi, va Siyosiy ong, Idoriy qonun, Idoriy to'plam kabi kitoblarida oqim ta'limoti bayon etilgan. Ushbu adabiyotlarda g'arb sivilizatsiyasi va dunyoviy davlat tamoyillari qoralangan, demokratiya, konstitutsiya, saylov kabi siyosiy institutlar inkor qilingan holda, turli mamlakatlarda radikal islom g'oyalarini targ'ib qilish, hokimiyatni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
206.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc