O'zbekiston SSRning tashkil topishi va uning siyosiy huquqiy tizimi Reja: O'zbekiston SSRning davlati va huquqi tarixi O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqish 1925-yildan boshlab O'zbekiston SSRda yer-suv islohoti o'tkazilgan. O'zbekiston SSRning davlati va huquqi tarixini yuz bergan siyosiyhuquqiy o'zgarishlarga ko'ra uch davrga, ya'ni 1924-1936, 1937-1977 va 1978-1991-yillarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir. 1924-yilga kelib Rossiya bolsheviklar kommunistik partiyasining Markaziy Qo'mitasi va Sovet Hukumati bolshevistik mustamlaka tizimini yanada mustahkamlash uchun yangi usulni qo'llaganlar. 1920-yili V.I. Leninning Turkiston o'lkasini milliy Respublikalarga ajratib yuborish g'oyasi amalga oshiriladi. Milliy hududiy chegaralanish tufayli mavjud davlatlar o'rniga yangi Respublikalar tashkil etildi. O'rta Osiyo hududi yangi usulda yana Rossiya rahbarligida birlashtirildi. Natijada O'rta Osiyoda O'zbekiston SSR va uning tarkibida Tojikiston ASSR, Turkmaniston SSR, RSFSR tarkibiga kiruvchi Qora-qirg'iz (Qirg'iziston) avtonom viloyati, Qozog'iston SSR va uning tarkibida Qoraqalpog'iston avtonom viloyati tashkil etilgan. O'zbekistonni tashkil qilish yuzasidan tuzilgan Muvaqqat qo'mita 1924-yilning 5-dekabrida O'zbekistonning tashkil etilganligini xalqqa e'lon qildi. TASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya Qo'mita sessiyalari 1924-yilning 18-noyabrida o'z hokimiyatlarini tugatish va vakolatlarini O'zbekiston inqilobiy hokimiyatiga topshirish to'g'risida qaror qabul qiladi. 1925-yilning may oyida SSR sovetlarining II Qurultoyida O'zbekiston SSR va Turkmaniston SSR «ixtiyoriy-majburiy» tarzda SSR tarkibiga kiritilgan. Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati - oliy qonunchilik, ijro va farmoyish beruvchi organ sifatida tashkil etilgan. 1925-yilda Sovetlarning I Ta'sis syezdi Tojik ASSRni O'zbekiston SSRga qo'shish to'g'risida deklaratsiya qabul qildi. Tojik ASSR ma'muriy hududiy bo'yicha 5 ta viloyatga ega bo'lib, o'zining oliy va mahalliy boshqaruv organlariga ega edi. 1924-yil 26-noyabrda O'zSSR revkomi Tojikston ASSR muvaqqat hukumati - revkomini tuzish to'g'risida qaror chiqardi. 1926-yilning 16-iyunida O'zbekiston Sovetlarining Markaziy Ijroiya Qo'mitaning IV sessiyasi Respublikada ma'muriy-hududiy rayonlashtirish o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. 1926-yilning oktabrida O'zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasining V sessiyasi ushbu loyihani tasdiqladi. Bunga ko'ra, Respublikada tugatilgan 7 ta viloyat o'rniga 10 ta - Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qo'qon, Xo'jand, Buxoro, O'rta Zarafshon, Samarqand (poytaxt) okruglari tashkil etildi. Bundan tashqari oldingi chegaralari doirasida O'zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasiga bo'ysunadigan Konimex tumani saqlanib qolindi. O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun 26 kishidan iborat komissiya tuzilgan. Uning tarkibiga Tojikiston Muxtor Respublikasi vakillari ham kiritildi. Komissiya o'z ishida O'zbekistonning tashkil etilgan vaqtidan buyon qabul qilingan konstitutsion aktlardan foydalandi. «O'zbekiston SSRni tashkil etish to'g'risida»gi, «O'zbekistonni SSR tarkibiga qabul qilish to'g'risida»gi deklaratsiyalar, Markaziy Ijroiya Qo'mita tomonidan 1925-yilning 22-iyo'lida qabul qilingan va O'zbekistonning gerbi va bayrog'ini belgilab beruvchi qarorlari O'zbekistonning 1927-yilgi Konstitutsiyasiga asos qilib olindi. Konstitutsion komissiya Konstitutsiya loyiqasini ishlab chiqdi va uni 1926-yilning iyun oyida Markaziy Ijroiya Qo'mita IV sessiyaning dastlabki muhokamasiga kiritdi. IV ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.38 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.38 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc