O'zbekiston va MDHdagi demokratik jarayonlar Reja: 1. O'zbekistonning MDH bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlari. 2. MDHda demokratik jarayonlar va O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti. O'zbekistonning MDH bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlari SSR parchalangandan keyin, Rossiya, Belorussiya va Ukraina rahbarlari 1991 yil dekabrda Belovejskoe Pushchada - B.Eltsin, L.Kuchma, S.Shushkovich sobiq ittifoq o'rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi haqida Shartnomaga imzo chekdilar. Kengashda MDHning yuqori Oliy organi - Davlat boshliqlari Kengashi, Hukumat boshliqlari Kengashi, Iqtisodiy Kengash, Mudofaa vazirligi Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari Kengashi kiradi. Ijroiya organi Muvofiqlashtiruvchi qo'mita deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o'tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. MDHning vazifalari quyidagicha belgilandi. 1. MDH bir butun davlat emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas-bu davlatlar hamdo'stligining yangicha shakli. 2. Hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladi. 3. MDH asosida xalqaro strategik barqaror va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi. 4. MDH barcha davlatlar uchun ochiq bo'lib, unga hamma a'zo bo'lishi mumkin. 5. Umumiy iqtisodiy makon vujudga keltiriladi. 6. MDH a'zolari o'z Konstitutsiyalaridan kelib chiqib xalqaro majburiyatlarni bajaradi. 7. MDHning tashkil topishi bilan sobiq ittifoqning mavjudligi tugatiladi. 8. Hamdo'stlik a'zolari BMT nizomi bo'yicha BMTga a'zo bo'ladi. MDHga 11ta davlat kirdi. Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya. Yuqoridagi qayd etilgan jarayonlar o'zining yangiligi bilan ajralib turadi. g'sh davlatlarning demokratik taraqqiyoti uchun tamol toshlari bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda, - dedi Islom Karimov, - (1995 yil iyul) MDHdagi birorta davlat iqtisodiyoti ham boshqalardan ajralgan halda mavjud bo'la olmaydi1. MDHni paydo bo'lishi hayotiy zarurat edi. Shuning uchun MDH davlatlarini kelajagi mana shu tashkilotga bog'liq. Ular 1991-1995 yillarda 500dan ortiq hujjatlar imzoladi. Mustaqil O'zbekiston istiqlolga erishgandan keyin tashqi siyosatida Mustaqil Hamdo'stlik Mamlakatlari bilan aloqalari muhim ahamiyatga ega bo'lib qoldi. O'zbekiston Mustaqil Hamdo'stlik mamlakatlari bilan aloqalarida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga to'la asoslanib amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi, - deyilgan Bosh Qomusimizda, - xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzulmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin2. Darhaqiqat, mamlakatimiz qonunlar majmuidagi ko'rsatmalari uning tashqi siyosatini mazmun-mohiyatidir. Shuning uchun O'zbekistonning Mustaqil Hamdo'stlik mamlakatlari bilan aloqalari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc