O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlarining huquqiy faoliyati Reja: Kirish Asosiy qism I BOB. Prokuratura organlarini shakllantirish tartibi. O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlarini vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari10-22 Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston Respublikasida prokuroratura faoliyati va ularni shakllantirilishi……23-33 Fransiya, Germaniya va AQSH davlatlarida prokuroratura faoliyati va uning o'ziga xos tomonlari…….34-60 II BOB. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari. O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari va bunda Bosh prokuror buyruqlarining o'rni61-75 Rossiya Federatsiyasi va Qozog'iston Respublikasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari hamda o'ziga xos tomonlari76-80 Fransiya, Germaniya va AQSHda prokuratura organlari faoliyatining asosiy vazifalari, vakolatlari va prokuratura organlarining quyidan yuqoriga qarab joylashuvi ……81-92 Xulosa …….……93-106 Foydalanilgan adabiyotlar…….…107-109 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda hammamizga malumki dunyodagi ko'pgina davlatlarning integratsiyalashuvi kuzatilmoqda. Bundan albatta, hech qaysi davlat chetda qolmaydi, ayniqsa, rivojlanishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan davlatlar integratsiyalashuv va fuqarolik jamiyatini qurishda bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqdalar. Agar xalqaro maydondagi qonunchilik masalalariga ham nazar tashlaydigan bo'lsak, shunga amin bo'lamizki, qonunlar kundan-kunga unifikatsiyalashmoqda, bu albatta, davlatlarning o'zaro har tomonlama yaqinlashuvi bilan bog'liq holatdir. Ayniqsa, inson manfaati uchun xizmat qiluvchi qonunlarning ko'payishi va aksariyat davlatlar tomonidan mazkur qonunlarning amalda tadbiq etilishi umuminsoniyat sivilizatsiyasi rivojiga turtki bo'lmoqda. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yagona g'oya asosida birlashuvi va ilg'or tajribalarini o'zaro almashuvi buning yaqqol misolidir. Hozirgi paytda davrning o'zi biz huquqshunoslarning oldiga bir qancha masalalarga oydinlik kiritishni taqazo etadi, mazkur masalalarga, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hozirgi paytdagi huquqiy ahvoli, jinoyatchilikka qarshi kurashning ilg'or metodlaridan samarali foydalanish mezonlari, qonunchilikdagi bo'shliqlarni to'ldirish, qolaversa, ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlarning uzoq yillik tajribalaridan unumli foydalanish tartibi kabi masalalardir. Ushbu masalalarga oydinlik kiritish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hozirgi zamonga mos tarzda faoliyat yuritishini ta'minlash huquqshunoslarning vazifalaridan biridir. Shu jumladan, O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan prokuratura organlarining o'ziga xos tomonlarini o'rganib chiqish va tahlil etish, hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir. Chunki dunyoda kechayotgan sud-huquq islohotlari hech qaysi davlat va jamiyatni chetlab o'tmaydi. Ayniqsa, mustaqillikni endigina qo'lga kiritgan davlatlarda mavjud qonunchilikni yangitdan isloh etish va qonunchilikdagi bo'shliqlarni yangi qonun-qoidalar bilan to'ldirish dolzarbligicha qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida qilgan Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir nomli ma'ruzasi mamlakatimizda davom etayotgan islohotlar jarayonining yangi davrini boshlab berdi. Jahon davlatchilik nazariyasi va amaliyotida davlatning asosiy funksiyalari sifatida qonunchilik, ijro va sud faoliyati etirof etilgan. Ularning har biri mustaqil ravishda tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishida davlat va xalq manfaatlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.55 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
121.55 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc