OLIY TA'LIM,FAN BA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI O'zbekiston TARIXI KAFEDRASI Mustaqil ish O'zbekiston XDPsi va uning vazifalari Toshkent-2023 Mavzu : O'zbekiston XDP haqida va uning vazifalari Reja: Kirish 1. Partiya tarixi 2. Partiyaning asosiy vazifalari 3. Partiyaning oldiga qo'ygan yo'nalishlari Xulosa Foydalanlgan Adabiyotlar Kirish Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining konstitutsiyaviy asosga ega bo'lib, saylovlar demokratik boshqaruvni ta'minlovchi vositalardan biri hisoblanadi, - deb ta'kidlaydi ekspert. - Partiyalar fuqarolarning siyosiy hayotda, davlat boshqaruvida ishtirokini ta'minlash, demokratik davlatda davlat hokimiyatining birdan bir manbai bo'lmish - xalqni siyosiy irodasini ifodalashning muhim vositasidir. Siyosiy partiya - bu ma'lum aholi qatlamlarining yoki ijtimoiy birlikning manfaatlarini, qiziqishlarini, siyosiy intilish va talablarini ifodalovchi hamda ularni real hayotda amalga oshirish uchun saylovlarda qatnashish orqali davlat boshqaruvida ishtirok etish maqsadini ko'zlovchi, ixtiyoriy ravishda uyushgan fuqarolarning nodavlat tashkilotidir. Milliy saylov qonunchiligimizda siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi ishtiroki erkin, mustaqil, teng va adolatli sharoitlarda ta'minlanishi uchun barcha qonuniy kafolatlar belgilangan. Saylovlar siyosiy partiyalarga davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda ishtirok etish, o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashish, jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarish, saylab qo'yiladigan davlat organlaridagi o'z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish va nihoyat ustavda nazarda tutilgan faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beradi. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarini, avvalo, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqini ta'minlash, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, har bir oila hamda butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlardan kelib chiqib belgilaydi. O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasining bosh maqsadi - aholi turmush darajasi yuqori bo'lgan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo'shilish, jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallash maqsadi ushbu manfaatlarga to'liq mos keladi. Bu masalada islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha jabhalarini liberallashtirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan amaliy harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiyalash hamda barcha sohalarni liberallashtirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan amaliy harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ustuvor vazifalarni hayotga izchil tatbiq etishda faol ishtirok etish O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatining asosiy yo'nalishi O'zbekiston XDP saylov kampaniyalarida faol ishtirok etib, o'z nomzodlarining ko'pchilik saylovchilar tomonidan qo'llab-quvvatlashiga erishish va shu orqali davlat hokimiyati ijro organlarini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari hamda ularga erishishning samarali yo'llarini belgilashda ta'sirga ega Qonunlarni qabul qilish uchun zarur imkoniyatni qo'lga kiritishni maqsad qilmoqda. O'zbekiston XDP saylov kampaniyalarida faol ishtirok etib, ko'pchilik saylovchilar ovozini to'plashni, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.26 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.26 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: docx