Mavzu: O'zbekistonda atrof - muhitni muhofaza qilishdagi vaziyat Reja: Tabiatni muhofaza qilishda huquqiy bazaning yaratilishi Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy asoslari. Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar. xalqaro hamkorliklar va ularning ahamiyati. Tayanch iboralar: Bmt konsepsiyalari, xalqaro aloqalar, yo'l quyish mumkin bo'lgan chegara, qonunchilik, sanoat, transport, qishloq xo'jaligi, sanoat filtrlari Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, qariyib 6 mlrd.ga yaqin insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Atrof muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o'z aksini topgan. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to'risidagi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi Respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo'yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. Alohida qo'riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to'risidagi qonun asosan umumiy boyligimiz bo'lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi. Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O'zbekiston Respublikasining Sanitar nazorati to'risida, Yer to'risida qonunlari qabul qilindi, ularga O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o'zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar yerdan oqilona foydalanish va yerni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan. Ekologik toza va xavfsiz yoqilg'i Ma'lumotlarga ko'ra, avtomashinalarni ekologik toza gaz yoqilg'isiga o'tkazish orqali havoga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini to'rt barobar kamaytirish, dizel yoqilg'isini yetmish foizgacha tejash mumkin. O'zbekiston Respublikasining Suv haqidagi va suvdan foydalanish to'risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va xalq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta'siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
989.4 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
989.4 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: ppt