O'zbekistonda Demokratik jamiyat qurilishida kuchli ijtimoiy himoya siyosati: Uning maqsadi bosqichlari xususiyatlari va rivojlanishi. REJA: 1. O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati. 2. O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining xususiyatlari. 3. O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida inson omili. 4. Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o'rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo'l qo'ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini ta'minlagan holda, O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik. Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o'tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o'tish ehtiyoji paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy tizimiga o'tish jarayoni kechmoqda. Adolat tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to'g'risidagi ta'limotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g'oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg'unlashtirish esa adolat tuyg'usini shakllantirishini ta'kidlagan edi. Umumiy ma'noda ijtimoiy himoya demokratik huquqiy davlat tomonidan fuqarolar, turli jamoalarning huquqlarini ta'minlash bilan cheklanib qolmay, ulardan amalda foydalanishni kafolatlash, amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni anglatadi. Shu ma'noda insonlar davlat uchun emas, davlat xalq uchun xizmat qiladi, bu inson va uning qadr- qimmatiga hurmat deb baholanadi. «Ijtimoiy himoya», «ijtimoiy adolat» tushunchalarining shakllanib borishi insoniyatning demokratik tafakkuri bilan bog'liqdir. Xususan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ifodalangan fozil jamiyat g'oyasi bugungi kundagi demokratik jamiyat konsepsiyasiga hamohangdir. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad,insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z yangilanish va taraqqiyot yo'liga asos bo'lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o'tkazishdir» Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodining ahvoliga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomillashib, zamon talabiga mos bo'lib borishiga olib keladi. Bu hol O'zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi o'rni g'oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, O'zbekiston agrar mamlakat bo'lib, uning ko'pgina hududlarida ishlab chiqarishning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: pptx