O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti va mintaqaviy demokratik jarayonlar

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti va mintaqaviy demokratik jarayonlar

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti va mintaqaviy demokratik jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti va mintaqaviy demokratik jarayonlar Reja: 1. Mintaqa davlatlari bilan Abadiy do'stlik haqidagi shartnoma va demokratik jarayonlar. 2. Mintaqaviy madaniy makon, iqtisodiy hamkorlik va demokratik qadriyatlar. 3. Turkiston - umumiy uyimiz harakati va Markaziy Osiyo Hamkorligi (MOH) tashkiloti. Mintaqa davlatlari bilan Abadiy do'stlik haqidagi shartnoma va demokratik jarayonlar Demokratiya yo'lini tanlagan davlat o'z milliy qobig'i doirasida rivojlana olmasligi haqiqat. Mintaqa va umuman, jahonda kechayotgan jarayonlar har bir davlat siyosatiga, tanlagan taraqqiyot yo'liga bevosita ta'sir etishi muqarrar. Ushbu qonuniyatdan O'zbekiston ham, shubhasiz, chetda emas. Istiqlolning ilk kunlaridanoq, O'zbekiston o'z mustaqil tashqi siyosatini, avvalo, mintaqa davlatlari, MDH mamlakatlari bilan mavjud bo'lgan an'anaviy aloqalaru hamkorlikni yangidan, o'zaro tenglikka, demokratik sivilizatsiyaga asoslangan yo'ldan boshladi. Bu yo'l Mintaqadan - jahonga, degan tamoyilga asoslanadi. Bir xil tarixiy sharoit, bir xil taqdirga - istiqlol mintaqa mustaqil davlatlarining tabiiy hamkorligini taqozo etdi. Davlatlarning bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik taraqqiyot yo'lini tanlaganligi esa ushbu hamkorlikning umummushtarak maqsadlari birligiga asoslanadi. Bu mintaqa aro keng ko'lamli hamkorlik imkoniyatlarini tezlashtirdi. Zotan, tili, tarixi, dini, nasli bir qondan- qarindosh xalqlarning yangi tarixiy birligi, maqsadlarining mushtarakligi hamkorlik jarahnlarini tezlashtirib, uning doirasini kengaytirdi. Aloqalar mutlaqo yangicha maqsadu manfaatlar asosida ikki tomonlama va ko'p tomonlama yo'lga qo'yildi. Mustaqil O'rta Osiyo Respublikalari va Qozog'iston bilan do'stona, qardoshlik munosabatlarini mustahkamlash, ular bilan qalin ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish ilmiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish O'zbekiston tashqi siyosatining g'oyat muhim ustuvor yo'nalishiga aylandi.90Xuddi shu haqiqat mintaqaning boshqa davlatlari uchun ham xosdir. Buning hayotiy va tarixiy sabablari bisyor, tabiiy asoslari yo'q. Chunki mintaqaning har bir mustaqil Respublikasida aholi tarkibi xilma-xil. Sobiq sho'ro tuzumi Respublikalar chegaralarini ongli ravishda buzib tuzgan, natijada tarixan o'zbeklar yashaydigan manzillar boshqa Respublikalar hududlariga berib yuborilgan edi. Millionlab o'zbeklar butun boshqa qardosh Respublikalarda istiqomat qilmoqda. Ayni paytda, muayyan sonli qozoqlar, tojiklar, qisman qirg'izlaru turkmanlar O'zbekistonda yashamoqda. Shunday tarixan shakllangan sharoitda millatlararo tenglik va totuvlikni ta'minlash mintaqada ustuvor barqarorlik manbai hisoblanadi. Hali hech kimning xotirasidan o'tgan asrning 80- yillari oxiri, 90-yillarning boshlarida qo'shni Qirg'izistonning O'sh, O'zgan va Jalolobod va Kentlarida yuz bergan qonli to'qnashuvlar ko'rtarilgan emas. Bu - mintaqa davlatlariaro munosabatlarni yangidan yo'lga qo'yishning birinchi talabi, dastlabki taqozosi edi. Ikkinchi tabiiy talab - mintaqaaro tarixan shakllangan an'anaviy hamkorlikni, avvalo, siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy aloqalarni yangidan tiklash, o'zaro tenglik va manfaatdorlik negizida munosabatlarni tubdan kengaytirish ehtiyoji bo'ldi. Uchinchi talab - taqdirlarning tarixan mushtarakligi, tanlangan demokratik yo'lning bir xilligi, o'xshashligidan iborat va h.k. Ana shu va yana bo'lak sabablar o'laroq, Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan Turkiston - umumiy uyimiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.15 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.15 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga