O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonlarini erkinlashtirish Reja: 1. Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi mazmun-mohiyati. 2. Davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini erkinlashtirish muammolari. 3. Sud-huquq sohasi islohotlari va inson huquq hamda burchlari. Demokratik matbuot va axborot erkinligi. Jamiyatni demokratik yangilash strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi mazmun-mohiyati O'zbekistonda demokratik o'zgarishlar va tadrijiy shiddati jamiyat hayotini o'zbek modelining strategik besh tamoyili silsilasida uzluksiz demokratik takomillashtirishni taqozo etishi tabiiy hol. Ayni paytda, jamiyatni tubdan yangilash jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko'tarish, erishilgan yutuqlarni xolis baholash, ustuvor yo'nalishlar va bundan keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish taqdirilomon vazifa-maqsaddir. Zotan, yutuqlarimizga, eng avvalo, islohotlarning aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga tayangan holda, ularni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab olishimiz kerak Yangilanish jarayonining yutuqlari, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish, oldimizga qo'ygan maqsadlarga etishmog'imiz - bularning barchasi istiqbol rejimlarini nechog'li aniq, oqilona va eng muhimi, real belgilab olishimizga bog'liq1. Yo'lboshchimiz I.A.Karimov O'zbekiston XXI asrga intilmoqda dasturiy asarida kontseptual nazariy-amaliy aksini topgan ana shu istiqbol rejalari, aniqrog'i, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning mazmun-mohiyati nimalardan iborat bo'lishi kerak2ligi quyidagi olti ustuvor yo'nalish misolida aniq belgilab berildi. Xo'sh, mashhur besh tamoyildan kelib chiqqan, uning yangicha sharoitdagi bevosita uzviy-mantiqiy davomi bo'lgan olti ustuvor yo'nalish qanday taqdirilomon muammolar va ular yechimlarining qanday mexanizmlaridan iborat? Demokratik islohotlarning bu yangi bosqichi nazariyasi va amaliyoti qanday umumqadriyatga asoslangan? Javobni keyingi savolda boshlaymiz: demokratik yangi umumqadriyat bu -jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, liberallashtirish siyosatidir. Ma'lumki, liberallashtirish (erkinlashtirish) demokratik rejimning nisbatan zamonaviy, jamiyatni siyosiy tashkil etishning samarali shakli bo'lib, hozirgi kunda juda ko'plab davlatlarning jozibador siyosiy rejimi hisoblanadi. Liberal - demokratik rejim aslida hokimiyatni amalga oshirish rejimi emas, balki liberallashtirish sivilizatsiyasi rivojining muayyan bosqichida shu sivilizatsiyaning mavjudligi shartidir. Siyosiy, jumladan, liberal - demokratik rejim evolyutsiyasi - tadriji sharoitida sivilizatsiya rivojining yangi tendentsiyalari demokratik va insonparvarlik tamoyillari tizimlariga asoslangan hokimiyatni amalga oshirishning yangicha siyosiy usul hamda vositalarini qonuniy ravishda yuzaga keltiradi. Bu tamoyillar, avvalo, shaxs bilan davlat munosabatlarining huquqiy sohasini xarakterlab beradi. Liberal davlat barcha fuqarolarning amaldagi tengligini, so'z, fikr erkinligini, shaxs huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy aniq belgilagani holda, jamiyatda huquqiy madaniyatning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Shu sabab ham liberallashtirish faqat va faqat demokratik asoslardagina mavjud bo'ladi, aniqrog'i, g'irt demokratik rejimdan unib chiqadi. Liberallashtirish, liberalizm demokratik sivilizatsiyaning hozirgi umumdunyoviy holati global muammolar, ziddiyatlar, ehtimoli bo'lgan inqirozlar insoniyat oldida qo'yishi muqarrar yangi-yangi muammolar yechimiga nisbatan mos keluvchi umumqadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyot shakli bo'lmish erkinlashtirish qator muhim komponentlarga ega. Mamlakatimizda mavjud aniq ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.29 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.29 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc