O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Mazkur fanning predmet iva obyekti, nazariy manbalari va tarkibiy tuzilishi. 2. Fanning asosiy tushunchalari va uning qonunlari. Fanning jamiyatshunoslik fanlari tizimidagi o'rni. 3. Mazkur kursning maqsadi, vazifalari va o'rganishning ahamiyati. O'zbek xalqi xotirasida XX asrning so'nggi o'n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik-o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi qo'lga kiritildi. O'zbekiston mustaqillikka erishdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi, yangi jamiyat qurish uchun tub o'zgarish va islohotlar amalga oshirila boshladi. U o'zining mantiqiy tuzilishiga hamda ilmiy tahlil usullari va vositalariga ko'ra mustahkam nazariy manbaga asoslanadi. Bu o'rinda Birlashgan Millatlar tashkilotining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining kirish qismidan olingan qo'yidagi qoidalarni keltirish o'rinlidir: Bosh Assambleya inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha halqlar va davlatlar tomonidan bajarishga intilishi zarur bo'lgan vazifa sifatida e'lon qiladi. Bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyat hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, ma'rifat va ilm yo'li bilan uni hurmat qilishiga intilishlari kerak. (Mejdunarodnay bill o pravax cheloveka. T. Adolat, 1992 yil, 9-bet). O'tgan yillar davomida ushbu hujjat jahon jamoatchiligi o'rtasida tan olindi, uning asosida demokratik davlatlarning konstitutsiyalari ishlab chiqildi. Demak, mazkur deklaratsiya va konstitutsiyalar demokratik odil davlat va fuqarolik jamiyati qurishning muhim mezoni va fan uning nazariy asosi bo'lib xizmat qiladi, deyishimiz mumkin. Respublikamizda ijtimoiy hayot bir tizimdan, ya'ni ma'muriy bo'yruqbozlik tizimidan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tizimi tomon o'tayotgan hozirgi kunda uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma'naviy asoslarini to'laligicha o'rganuvchi ijtimoiy-siyosiy fanlar yo'q edi. Mazkur vazifani amalga oshirish borasida mustaqillik yillarida O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani yaratildi. Uning mazmun mohiyati Prezident I. Karimov tomonidan O'zbekiston XX1 asrga intilmoqda asarida asoslab berilgan. Bu g'oya yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta'limotni xalqimiz, shu jumladan yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish to'g'risidagi bilimlar tizimidan iborat. Bu fanimiz mustaqillik yillarida shakllangan o'quv fanidir. Bu fanimizning ahamiyati, avvalo Prezidentimiz ta'kidlagan ta'limotning tarixiy manbalari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari, asosiy tamoyillari, nazariya sifatida namoyon bo'lishi, o'ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlarini bosqichma-bosqich o'rganishni nazarda tutadi. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani, birinchi galda xalqimiz ma'naviyati, milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil davlat barpo etish yo'lidagi boy tajribalarimizga asoslanadi va ulardan oziqlanadi. O'zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning obyektidir. O'rganadigan fanimiz jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda Respublikamizning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Odil, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc