O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning g'oyaviy ma'naviy omillari Reja: 1. Demokratik jamiyat: mafkuraviy aqida, ma'naviy-ma'rifiy yuksalish. 2. O'zbekistonda ma'naviy Tiklanish va ta'lim sohasidagi islohotlar. 3. Demokratiya va ommaviy axborot vositalari. Demokratik jamiyat: mafkuraviy aqida, ma'naviy-ma'rifiy yuksalish O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 12-moddasida shunday deyiladi O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Demokratik jamiyatning muhim xususiyati shundaki, unda xalq hokimiyati, ya'ni ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunish qoidasi rasmiy ravishda e'lon qilinadi hamda fuqarolarning erkinligi va teng huquqligi e'tirof etiladi. Bu shartlar jamiyat hamda uning a'zolari hayotining asosiy qonuni - ushbu davlatning Konstitutsiyasida aks ettiriladi. Lekin shunga qaramay demokratiya tamoyillari, ko'p hollarda og'zaki va targ'ibot qilinuvchi shior sifatida qoladi. Demokratiya shaxs bilan jamiyatning uyg'unligini ta'minlovchi omildir. Ushbu uyg'unlik qancha takomillashgan bo'lsa, jamiyat taraqqiyoti shunchalar ildamlashadi. Demokratiya uchun hamma birdek javobgardir. Uning og'ir yukini davlat arbobidan tortib, jamiyatning har bir oddiy fuqarosi o'z elkasida ko'tarib yurishi lozim. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonida xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish bilan bog'liq masalalar ilk bor Prezident I.A.Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» deb nomlangan risolasida ilgari surilgan. Ushbu risolada O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy- axloqiy negizlari ko'rsatib berilgan. Kitobda e'rof etilganidek, ma'naviy yuksalish bilan bog'liq masalalarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu borada xalqimizning ma'naviy merosini chuqur o'rganish, uni mustahkamlash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar: 1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 2. Xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 3. Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 4. Vatanparvarlik.44 Mustaqil O'zbekiston istiqlol sharofatidan bahra olib o'z ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy taraqqiyotining yuksak istiqbolli ufqlari sari odimlab olijanob maqsadlarga erishish yo'lida dadil harakatlanayotgan bir paytda milliy mafkuraning jamiyatimiz hayotida ayricha ma'no-mazmun va ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Negaki jamiyat va fuqarolarning olg'a tomon harakatlanishi, intilishiga qudratli ma'naviy turtki, ruhiy madad, barqarorlik, jo'shqinlik, kuch-g'ayrat, shijoat bag'ishlovchi eng ta'sirchan hayotbahsh omil sifatida ham milliy mafkuraning roli va o'rni benihoyadir. Xo'sh, mafkuraning o'zi nima? U qanday ma'no, tushunchani anglatadi? Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, ijtiomiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o'zida mujassam ettirgan g'oyalar tizimi. Darhaqiqat, mafkura ijtimoiy borliqning, ya'ni keng ma'noda jamiyat hayotining ma'naviy-siyosiy in'ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglab, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatida nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo'lib xizmat qilishidir. Mafkura - bu oxir-oqibatda jamiyatning ma'naviy-siyosiy birligi, jipsligining muhim omili, uning ijtimoiy barqarorligi, fuqarolar, elatlar, millatlar tinchligi, totuvligi, birdamligi, bahamjihatligining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.37 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.37 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: doc