O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish Reja: 1. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilashning yangi sifat bosqichi. 2. Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning etti ustuvor maqsad - vazifalari hamda inson omili va mezonlari. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilashning yangi sifat bosqichi Demokratik huquqiy davlatchilik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek siyosiy maqsadlarga erishish, shuningdek, sobiq totalitar tuzumdan insonparvar demokratik tuzumga o'tish, yangi jamiyat barpo etish aynan tub islohotlar orqali amalga oshiriladi. Zotan, O'zbekiston o'z istiqlolini qo'lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq avvalo, iqtisodiy - ijtimoiy islohotlarimizning asosi bo'lgan, dunyoda o'zbek modeli deb nom olgan bozor munosabatlariga o'tishning besh tamoyili ishlab chiqildi. Bugun shuni ishonch bilan ayta olamizki, nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki jamiyatimizni siyosiy va ma'naviy jihatdan yangilash borasida ham biz tanlagan taraqqiyot modeli va asosiy rivojlanish tamoyillari hayotda o'zini oqlamoqda. Shu bilan birga, bu ustuvor yo'nalishlarning ayrimlari - xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar mamlakatimizni rivojlantirishning keyingi davrlarida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda, shuni aytishimiz zarurki, O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy-ijtimoiy va ma'naviy-huquqiy o'zgarish va yangilanishlar jarayonining ko'lami kengayib, samaradorligi oshib borgani sari jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tug'ildi. Shu bois ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida va Oliy Majlisning 200 yilgi I sessiyasida jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan strategik dastur qabul qilindi. Shundan buyon o'tgan vaqt mobaynida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes manfaatlarini himoyalash borasida zarur kafolatlarni yaratib berishga alohida e'tibor qaratildi va bu yo'nalishdagi ishlar hozirda ham izchil davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning bu sohalarida munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator yangi qonunlar qabul qilindi va ko'pgina qonun hujjatlariga tegishli o'zgartishlar kiritildi, qonunlarni amaliyotda qo'llash jazo tizimni tubdan ko'rib chiqish sohasida jiddiy o'zgarishlar, sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz tarixan qisqa vaqt mobaynida dunyo hamjamiyatida qat'iy va mustaqil tashqi siyosat natijasida munosib o'rin egalladi. Aytish kerakki, bu Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bo'yicha davlatimiz olg'a surgan barcha ma'lum tashabbuslar, qilingan katta amaliy ishlarning samarasigina bo'libgina qolmasdan, ayni paytda mamlakatimizda demokratik tamoyillar va bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida namoyon bo'layotgan jiddiy ijobiy o'zgarishlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishidir. Shu ma'noda 2002 yilning yanvarida mamlakatimizda umumxalq referendumining o'tkazilishi va uning yakunlari davlatchiligimiz rivojida, jamiyatni demokratik yangilash jarayonida muhim bosqich bo'ldi. Bularning barchasi insonparvar demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.47 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.47 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga