O'zbekistonda fuqarolar burchlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekistonda fuqarolar burchlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda fuqarolar burchlarining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda fuqarolar burchlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja 1-. Fuqarolarning burchlari tushunchasi 2-. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi 3-. Fuqarolarning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosni asrash majburiyati 4-. Fuqarolarning atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish majburiyati 5-. Fuqarolarning soliq to'lash majburiyati 6-. Fuqarolarning Vatanni himoya qilish burchi 1-. Fuqarolarning burchlari tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari, va erkinliklarini, balki ularning burchlarini ham ko'rsatib o'tadi. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan burchlarni bajaradilar,-deyiladi Asosiy Qonunning 47-moddasida. subyektiv huquq va subyektiv burchlar ham huquqiy kategoriyalar hisoblanadi. subyektiv huquq va yuridik majburiyat bir-biri bilan o'zaro aloqa va kelishuvchilik asosida paydo bo'ladi. subyektiv huquqqa har doim tegishli yuridik majburiyat mos keladi. subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar turli xil huquqiy munosabatlarda birgalikda harakat qiladi. Barcha normativ aktlarda subyekt huquqining majburiyatlari va tegishli huquqlari ko'rsatib o'tiladi. Buning uchun eng asosiy huquqiy baza bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xizmat qiladi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan fuqarolarning huquq va burchlari o'z huquqiy tabiatiga ko'ra asosiy huquq va burchlar bo'lib xizmat qiladi. Qolgan boshqa turli xil va juda ko'p huquq va burchlar mana shu asnoda kelib chiqadi va kelajakda fuqarolarning huquqiy hayotida katta rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq VI-sessiyasida qilgan ma'ruzasida, demokratik islohotlarning hozirgi bosqichidagi mohiyati masalalarida quyidagilarni keltirib o'tadi: Insonning o'z huquq va burchlarini bilishi insonning konstitutsiyaviy huquqlarining ta'minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psixologiyasini o'zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Inson anglasinki, erkinlik - bu burch mas'uliyatidir. Konstitutsiyaning 19-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdir. Konstitutsiyaga asosan demokratiya O'zbekiston Respublikasida umuminsoniy prinsiplarga, yani inson eng oliy qadriyat degan g'oya asosiga quriladi. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e'tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro o'z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon etkazmasligi lozim. Shu bois, shaxs o'z huquq va erkinliklaridan qonun doirasidan chiqmagan holda foydalanishi lozim. Agarda qonundan tashqari xatti-harakat sodir etilsa, u holda, qonun tomonidan jazolanadi. Bu esa konstitutsiyaviy burchlarni bajarmasligidan kelib chiqadi. 2. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shani va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar (Konstitutsiyaning 48-moddasi). O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobida Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligi ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasining barcha qonunlari Konstitutsiyaning norma va prinsiplari asosida yaratilishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida fuqarolarning boshqa shaxslar erkinligi, shani, qadr- qimmatini hurmat qilishi belgilangan. Boshqa fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga