O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Reja: O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi Mamlakatda ko'p partiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi O'zbekiston Prezidenti «Mahalla» xayriya jamg'armasini tashkil etish O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi O'zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o'z umrini o'tab bo'lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildi. Yurtimizda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish istiqbollari strategik maqsadga aylanganligi hamda siyosiy darajada ko'p bora bunga e'tibor qilib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, fuqarolik jamiyati bo'lmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bo'lolmasligi ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, fuqarolik jamiyatining nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi siyosiy-huquqiy ta'limot o'z mohiyat-e'tibori bilan tamomila milliy istiqlol g'oyasi bilan yaratilgan bo'lib, davlatimiz rahbarining dastlabki asarlari, nutq va ma'ruzalarida asoslab berildi. Xususan, Prezident I. A. Karimov o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida «bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir», - deb ta'kidlaydi. Mazkur dasturiy asarda O'zbekiston jamiyati siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishining asosiy yo'llari va ustuvor yo'nalishlari yangicha mushohada asosida belgilab berildi. Unda «O'zbekiston - demokratiya va ijtimoiy adolat jamiyati» shiori ostida amalga oshiriladigan ichki va tashqi siyosat chinakam mustaqil O'zbekistonni barpo etish bilan belgilanadi. Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyat bunyod etish - bosh vazifadir, deydi Prezident. Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi insonga barcha sohalarda turmush tarzini erkin tanlab olish imkoniyatini kafolatlashi kerak. Jumladan, bu siyosiy sohada quyidagilarni bildiradi: xalq ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etishi lozimligini; hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish va milliy davlatchilikni barpo qilishni; jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralari tuzilmasini tubdan yangilashni; bir mafkura yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko'p partiyaviylikni shakllantirishni; fuqarolarning qonun oldida tenglik va qonun ustuvorligini bildiradi. Iqtisodiy sohada esa - milliy boylikning o'sishi asosida farovonlikni ta'minlovchi ko'p ukladli iqtisodiyotni barpo etishni; ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni; mulk huquqi va mulkchilikning barcha shakllarini davlat himoyasida bo'lishini; davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash va iqtisodiy erkinlikni ta'minlashni anglatadi. Ijtimoiy va ma'naviy sohada - insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsi daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi tan olinishini; milliy ma'naviyatni qayta tiklashni; hurfikrlilik, vijdon va e'tiqod erkinligini qaror toptirishni; ijtimoiy adolat, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash; intellektual mulkni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.66 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.66 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc