Reja: Hakamlar sudi tushunchasi tashkilotlar o'rtasidagi xo'jalik nizolarining hakamlar sudlarida hal qilinishi Fuqarolar o'rtasidagi nizolarning hakamlar sudi tomonidan hal etilishi O'zbekiston Respublikasi savdo palatasi qoshidagi Tashqi savdo arbitraj komissiyasining ish ko'rishi O'zbekiston Respublikasi savdo palatasi qoshidagi Dengiz arbitraj komissiyasining ish ko'rishi Hakamlar sudi tushunchasi Hakam termini arabcha «hakammu» so'zidan olingan bo'lib, holis, uchinchi bir shaxsning sudya bo'lishini anglatadi. Hakamlar sudi rus tilida «treteyskiy sud» deb atalib, uchinchi shaxslar (treti litsa) sudi degan manoda tushuniladi. Hakamlar sudi deb fuqarolar bilan fuqarolar va tashkilotlar bilan tashkilotlar o'rtasida kelib chiqqan bazi fuqarolik huquqiy xarakterdagi nizolarning uchinchi shaxs yoki shaxslar (holislar) tomonidan ko'rilishiga aytiladi. Manfaatdor taraflarning fuqarolik huquqlari faqat davlat sudi tomonidangina emas, balki hakamlar sudi yo'li bilan ham himoya qilinishi mumkin. Hakamlar sudi nizolashuvchilarning alohida kelishuvi bilan bir yoki tok sondan iborat bir necha shaxslar tarkibida fuqarolik huquqiy xarakteridagi nizoni hal etish uchun tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasida hakamlar sudi nizoli huquqiy munosabatlarning subyektlariga va nizoning predmetiga qarab quyidagicha turlarga: fuqarolar o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun tuziladigan; tashkilotlar o'rtasidagi xo'jalik nizolarini hal qilish uchun tuziladigan; tashqi savdoga oid nizolarni ko'radigan va dengiz huquqi bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolarni hal qilish uchun tuziladigan hakamlar sudlariga bo'linadi. Fuqarolar o'rtasidagi nizolarning hakamlar sudi tomonidan hal etilishi Fuqarolar o'rtasidagi nizolar hakamlar (holislar) sudi tomonidan hakamlar sudi turisidagi Nizomga muvofiq hal qilinadi. Bu qonunni 1-20-moddalarida ko'rsatilishicha, fuqarolar (mehnat va oila munosabatlariga doir nizolardan tashqari) o'z o'rtalarida kelib chiqqan har qanday nizoni hakamlar sudining ko'rishi uchun topshirishlari mumkin. Nizoni hakamlar sudining ko'rishi uchun topshirish to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda (hakamlar yozuvi shaklida) tuzilgan bo'lishi hamda unda: taraflarning nomi va ularning yashash joyi; nizoning predmeti; saylangan sudyalarning nomlari; nizoni hal qilish muddati; shartnomaning tuzilgan joyi va vaqti ko'rsatilishi lozim. Hakamlar sudi har safar nizoning hamma ishtirokichilarining alohida kelishuvi bilan tashkil etiladi va har bir taraf tomonidan baravar miqdorda saylangan bir yoki bir necha sudya tarkibida tuziladi. Agar sud hayat tarkibda tuzilsa, sudyaladan biri o'zaro kelishuv bo'yicha rais qilib saylanadi. Voyaga etgan (18 yoshga to'lgan) har bir fuqaro hakamlar sudining azosi qilib saylanishi mumkin. Ammo ayrim shaxslar: chunonchi, voyaga yetmaganlar, vasiylik yoki xomiylik ostida bo'lganlar, sudning hukmi bilan sud organlarida va prokuraturada mansab egallash huquqidan yoki advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilganlar (hukmda ko'rsatilgan muddat davomida), jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar hakamlar sudining azosi bo'la olmaydilar. Ishning ko'rilishi tamomlanmaguncha sudyalar almashtirilmaydi. Sudyalardan birortasining ko'rilayotgan ish oqibatlaridan manfaatdorligini va bu holat shartnoma tuzish vaqtida o'ziga malum bo'lmaganligini isbot qilgan taraf-kelishuvdan voz ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.13 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.13 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc