O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi

O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi XX asrning oxirgi 20 yili insoniyat tarixida katta o'zgarishlar yuz bergan davrlardan biri bo'ldi. 1980 yillarda sobiq ittifoqda iqtisodiy krizis yetildi. 1981 yildan boshlab mamlakat iqtisodiga faqat noxush ko'rsatgichlar xos bo'ldi. Afg'on urushi esa davlatning bu siz ham og'ir iqtisodiy va siyosiy ahvoliga qattiq zarba berdi. Butun bir sosialistik tizim chuqur islohotsiz yashashga noqobil ekanligini yaqqol ko'zga tashlandi va shunday islohot 1885 yil aprelda «qayta qurish» nomi bilan boshlandi. Ko'rinishidan yuzlab millatlarni porloq kelajak yo'lida birlashtirgan Ittifoq qayta qurishning birinchi zarbalaridanoq parcha-parcha bo'lib ketdi. Olma-ota, Boku, Tbilisi, Vilnyus shaharlarida bo'lib o'tgan voqealar SSR ning millatparvarlik siyosatning shunchaki yuzaki ekanligini ko'rsatish bilan birga demokratik jarayonlarning tezlashishiga sabab bo'ldi. Vatanimiz O'zbekiston ham ushbu voqealardan chetda qolgani yo'q. Asrlar davomida orzu qilingan, kurashib kelishgan mustaqillikka erishish uchun imkoniyat vujudga keldi. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik shart edi. 1989 yil 21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi davlat tili to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Davlat tili to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi O'zbekistonning mustaqillik uchun qo'ygan ilk qadami edi. «Qizil imperiya» davrida yagona sovet xalqini shakllantirish orzusi o'zbek xalqining ma'naviyati, milliy urf-odatlari bilan birga tiliga ham katta ziyon yetkazdi. I.Karimovning 1989 yil 20 sentabrdagi KPSS Markaziy Komiteti Plenumida «Biz Ittifoq va Respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o'zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo'yish, Respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», deb ta'kidlashi O'zbekiston o'ziga mustaqillik yo'lini tanlaganini yana bir bor ko'rsatdi. Ittifoqda esa «buyuk rus shovinizmi», qog'ozbozlik, byurokratik tartib, turli xil iqtisodiy va ijtimoy cheklovlar o'z natijalarini ko'rsatib mamlakat og'ir ahvolga kelib qoldi. SSR hukumati inqirozdan chiqish yo'lini topa olmas, xalqning esa turmush darajasi xavfli darajada pasayib bormoqda edi. Xalq orasida ishonchsizlik kayfiyati vujudga kelib hukumatning obro'si tushib ketdi. O'zbekistonda esa ittifoqdan farqli iqtisodiga oid muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda edi. 1989 yil 25 noyabrda bo'lib o'tgan O'z.bekiston SSR Oliy Soveti sessiyasida «O'zbekiston SSRni iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning 1990 yilgi davlat rejasi to'g'risida»gi masalaning muhokama qilinishi ham shundan dalolat beradi. Siyosiy sohada ham katta o'zgarishlar yuz bermoqda edi. 1990 yil 23 martda O'z KP MK Plenumida amaldagi hokimiyatni O'z KPdan xalq deputatlari sovetlariga berish, prezidentlik lavozimi va suverinitet masalalari ko'tarildi. 1990 yil 24 martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qilindi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 376.81 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 376.81 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga