O'zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi

O'zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo'liga o'tdi. Mustaqillik tufayli Respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o'zgarishlar ro'y berdi. O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o'tish, xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma'naviy uyg'onishi uchun to'la imkoniyat yaratdi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining bir qator risola va nutqlarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan, tarix fanining o'rni beqiyosligini ta'kidlab o'tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o'rniga g'oyat yuksak baho berib: «Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy yoritilgan tarixdir»,-deb ko'rsatdi. Tarixchilarimizning hozirgi kundagi dolzarb vazifalaridan biri, o'tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma'lum ijtimoiy-siyosiy, g'oyaviy muhit ta'sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur o'rganish hamda tahlil qilishdan iboratdir. «O'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur»-ligini I.A.Karimov, alohida ta'kidlab o'tdi. Bu har bir fuqarodan mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda milliy qadriyatlarini hurmat qilishga, demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini uzviy bog'lab olib borishga o'rgatadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga