O'zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy huquqiy normativ hujjatlar Reja: xalqaro hujjatlar xalqaro shartnomalar O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi faoliyatining huquqiy asoslari O'zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy huquqiy normativ hujjatlar Huquqni muhofaza qilish organlari ixtisosligi ko'pgina davlat va nodavlat muassasalari hamda masul vazifani bajarayotgan mansabdor shaxslarga tegishlidir. Bunday faoliyat qonun bilan tartibga solinishi lozim. Bunday talabni qo'yishdan maqsad, ushbu muassasalar hamda tashkilotlar o'zlarining faoliyatlari natijasida insonlarning huquq va erkinliklariga tiklab bo'lmas darajada zarar yetkazish ehtimolini bartaraf etishdir. Huquqni muhofaza qilish organlarining tashkiliy asoslari hamda funksiyalarini o'rganib chiqish uchun bir qancha normativ-huquqiy aktlarni o'rganish zarur bo'ladi, vaholanki ularning aniq miqdorini aniqlash mushkul. Huquqni muhofaza qilish organlari tayanadigan huquqiy bazani odatda tasniflashga yondashiladi. Nazariyada bunday yondashishning ikkita asosi mavjud. Ulardan biri - qonun kuchidan qati nazar guruhlanayotgan aktlarning predmetiga (mazmuniga) qarab, ikkinchisi - huquqiy ahamiyatiga qarab. Barcha huquqiy aktlarni ularning mazmuniga qarab quyidagicha guruhlarga bo'lish mumkin: Umumiy xarakterdagi; Odil sudlov, sud hokimiyati va sudlar to'g'risidagi; Sudlar faoliyatini tashkiliy ta'minlash va ularni amalga oshiruvchi organlar to'g'risida; Prokuror nazorati va prokuratura organlari to'g'risida; Jinoyatchilikni aniqlash va tergov qilishni tashkillashtirish to'g'risida; Yuridik yordamni tashkillashtirish to'g'risida. Predmetiga ko'ra normativ-huquqiy hujjatlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Umumiy xarakterdagi aktlar: 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi 24 aprel 2003 yil qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to'g'risidagi 12.12.2002y. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to'g'risidagi 12.12.2002y. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni. xalqaro hujjatlar: 1) Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi 10 dekabr 1948 yil (30.09.1991 yil qo'shilgan); 2) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt 10 dekabr 1966 yil (31.08.95 yil qo'shilgan); 3) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktga qo'shimcha bayonnoma 10 dekabr 1966 yil (31.08.95 yil qo'shilgan, 28.12.95 da kuchga kirgan); 4) Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risida Konvensiya 10 iyul 1958 yil (O'zR Oliy Majlisining №184-I sonli qarori bilan 22.12.95da ratifikatsiya qilingan); 5) MDO'ning inson huquqlari va asosiy erkinliklari to'g'risidagi Konvensiyasi 26.05.95 yil; 6) Huquqiy yordam va fuqarolik, oila hamda jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy munosabatlar to'g'risidagi Minsk Konvetsiyasi 22.01.93 yil (28. 03. 97da o'zgartirilgan). Odil sudlov, sud hokimiyati va sudlar to'g'risidagi aktlar: 1) O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi Qonuni. 2 sentyabr 1993 yil (yangi tahriri 14 dekabr 200yil, №162-II); 2) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to'g'risidagi Qonun. 30.08.95 yil (O'zR 447-II-sonli qonunining VII bo'limiga asosan 13.12.2002 da o'zgartirilgan); 3) O'zbekiston ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.71 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.71 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc