O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja: 1. O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma'lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy bog'lanishining ahamiyati O'zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'I nazar, qonun oldida tengdirlar. Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag'batlantirilishi hamda himoyalanishi yanada muhimrog'i,k jamiyatda har bir inson huquqlari kafolatlarining amaldagi tizimining tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh sharti hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi o'zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan Inson huquq va erkinliklarining universalligi talablariga qat'iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Mazkur qoidaq O'zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnatfaxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor. Har bir shaxs jamiyat a'zosi sifatida namoyon bo'lar ekan, shu jamiyat va uning a'zolari oldida ma'lum mas'uliyatlarni o'z bo'yniga oladi. Chunki shu jamiyat a'zosi sifatidagina u ma'lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a'zosiga aylanishi lozim. Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga solib borish vazifasini amalgam oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo'ladi. Ikki fuqarolikka yoki ko'p fuqarolikka ega bo'lgan shaxslarning huquqiy holati ham ma'lum munosabatlarda o'zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega bo'lmaslik, ko'p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta'sir etuvchi omildir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 279.58 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 279.58 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga