O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari Reja: 1- Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi 2- Inson huquqlari va erkinliklarining yuridik kafolatlari 3- Inson huquqlari va erkinliklarining ijtimoiy kafolatlari 1-§. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ikki ko'rinishiga ega: davlatning o'z ichki kafolatlari va xalqaro huquqiy kafolatlar. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari institutlari sirasiga tobora ahamiyati oshib borayotgan Ombudsman yani, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakilini va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini kiritish mumkin. Inson huquq va erkinliklari kafolatlari malakali yuridik xizmat va malakali himoyachi (advokat) xizmatidan to'liq ravishda konstitutsiyaviy, jinoiy, fuqaroviy va ma'muriy ishlarda foydalanish imkoniyatida namoyon bo'ladi. Bu tushuncha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida aniq ifodalangan. Huquq va erkinliklarning kafolatlari bo'lib, ularni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bunda asosan hokimiyat vakillari va mansabdor shaxslarning javobgarligi haqida alohida to'xtalib o'tish joiz. Odatda, bunday javobgarlik umumiy xarakterga ega bo'lib, u oddiy qonunlarda aniq ifodalangan. xalqaro-huquqiy kafolatlar haqida to'xtalganimizda, bu holat xalqaro ommaviy huquq tomonidan tartibga solinishini eslatish lozim. Ikkinchi jahon urushiga qadar davlat va shaxs o'rtasidagi munosabatlar, asosan, davlat miqyosida hal etilgan. Totalitar tuzumlarning emirilishi oqibatida jahon jamoatchiligining etiborini inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi o'ziga qaratdi. Bular BMTning Ustavida (1945-yil), Inson huquqlari to'g'risidagi Deklaratsiyada (1948-yil), Inson huquqlari to'g'risidagi 1966 yilgi xalqaro Paktlarda o'z ifodasini topgan. Bu xalqaro hujjatlarda insonning global muammolari huquqiy jihatdan keng yoritilgan. Inson huquqlarining xalqaro himoyasini hozirda BMT va uning tegishli maxsus tashkilotlar amalga oshirmoqda. Ular YevropaKengashi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari to'g'risidagi YevropaKonvensiyasiga asosan ish olib borishadi. Agarda fuqaro o'z huquqi himoyasi yuzasidan o'z davlatida najot topmasa, unda inson huquqlari bo'yicha Yevropasudiga murojaat qilishi mumkin. O'zbekiston Konstitutsiyasining 43-moddasida Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi,-deyilgan. Ushbu modda Konstitutsiyaviy prinsiplarning asosi, o'zagi, xarakterini ifodalagan bo'lib, unda inson manfaatlariga xizmat qilish, erkinlik kafolati, davlatning ijtimoiy maqsadi va asl g'oyasi aks etgan. Mustaqillikka erishilgach, O'zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va demokratik jamiyat qurish yo'ldan borishda inson erkinligiga, jamiyat va davlatning birligida insonning tutgan o'rnini yuksak baholashga katta ahamiyat berildi. Demokratik davlatda jamiyat a'zolari huquq va erkinliklarining kafolatlari doimiy harakatdagi mexanizm singari bo'lmog'i lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunida davlat fuqaroning huquq va erkinliklarini ta'minlashga, jamiyat uchun xizmat qilishga butun kuchini safarbar etishi lozimligi haqidagi g'oyalar mavjud. Konstitutsiyaning 19-moddasida hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga haqli emas deyilgan. Bu esa agar javobgar bo'lsa, hattoki, davlat organlarini ham sud-huquqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.96 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.96 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc