O'zbekistonda inson va fuqarolar ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekistonda inson va fuqarolar ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda inson va fuqarolar ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda inson va fuqarolar ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja 1-. Fuqarolarning mulk huquqi 2-. Fuqarolarning meros huquqi 3-. Fuqarolarning mehnat qilish huquqi 4-. Fuqarolarning dam olish huquqi 5-. Fuqarolarning ijtimoiy ta'minot olish huquqi 6-. Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi 7-. Fuqarolarning bilim olish huquqi 8-. Fuqarolarning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi hamda madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi 1. Fuqarolarning mulk huquqi Mulk huquqi har kimning o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka bo'lgan o'z xohishiga ko'ra, o'z manfaatini ko'zlab egalik qilish, foydalanishi va tasarruf etishini anglatadi. O'zbekistonda har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi. Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqatgina iqtisodiy jihatdan erkin fuqarogina haqiqiy mulk egasi bo'lib, u o'z mulkidan samarali foydalanishi va shu orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir etishi mumkin. O'zbekistonda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy vazifasi davlat mulkini xususiylashtirish orqali monopoliyaga chek qo'yish va ko'p ukladli iqtisodiyotni barpo etish, mulkni haqiqiy egasiga topshirish, mulkning barcha shakllarining rivojlanishiga bir xil shart-sharoit yaratib berish va rivojlantirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish, birinchi navbatda, mulk huquqini amalga oshirish mexanizmining huquqiy asoslarini yaratish, ayniqsa, uning muhim elementi bo'lgan har kimning o'z xususiy mulkiga erkin egalik qilish tamoyilini mustahkamlash edi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Mulkchilik to'g'risidagi, Tadbirkorlik to'g'risidagi, Fermer xo'jaligi to'g'risidagi, Dehqon xo'jaliglari to'g'risidagi qonunlar qabul qilindi. O'zbekiston Konstitutsiyasi insonning asosiy huquqlaridan biri-mulk huquqini ham mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning 36-moddasida insonning mulk huquqi mustahkamlangan bo'lib, ushbu modda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil), Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt (1966-yil) va xalqaro huquqning umum etirof etgan normalariga asoslangan. Mulk huquqiga oid konstitutsiyaviy normalarning rivojlanishi va uning huquqiy mexanizmini yaratishga doir bir qancha qonunlar qabul qilindi. Fermer va dehqon xo'jaligi to'g'risidagi , Ijara to'g'risidagi, Valyutani tartibga solish to'g'risidagi, Qimmatli qog'ozlar va fond birjalari to'g'risidagi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda ixtisodiyotning nodavlat sektori tobora rivojlanib bormoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichidagi asosiy vazifa davlat mulkining xususiylashtirilishini tezlashtirish, uni haqiqiy mulk egasiga topshirish imkoniyatini topish, mulkdan o'z xohishi va irodasiga ko'ra davlat va jamiyat manfaatlariga mos holda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishini davlat tomonidan himoya etilishini ta'minlash hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida, ayni vaqtda, mulkning xususiy va ommaviy (davlat) shakllari mavjud. O'zbekiston Respublikasida yashovchi har qanday shaxs mulkdor bo'lish huquqiga ega. Yani shaxsning o'z mulkiga egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi konstitutsiyaviy qoidalar bilan ta'minlanadi. Shaxs o'zining mulkiy huquqlarini amalga oshirishda atrof-tabiiy muhitiga va kishilar sog'lig'iga zarar etkazmasligi kerak. Davlat mulkdorning qo'lidagi mulkni o'zgalar tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.06 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.06 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga