O'zbekistonda inson va fuqarolar siyosiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja 1-. Siyosiy huquqlarning konstitutsiyaviy tizimi 2-. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarinin boshqarishda ishtirok etish huquqi 3-. Fuqarolarning mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar o'tkazish huquqi 4-. Fuqarolarning siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga uyushish huquqi 5-. Fuqarolarning murojaat qilish huquqi 1. Siyosiy huquqlarning konstitutsiyaviy tizimi Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlari alohida o'rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek, Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O'zbekiston barcha fuqarolarning munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini-o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish va tiklash huquqiga ega. Bunday to'xtatish va tiklash ustidan sudga arz qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida muholifatchi ozchilikni tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalarga yoki xalq vakiliga yozma ravishda ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart. 2. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridandir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O'zbekiston fuqarolari xalq deputatlari Kengashi saylaydigan o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar, vakolatli organlar o'zini o'zi boshqarish organlari hisoblanadi. Mazkur huquqning amalga oshirilishi kafolatlari saylovlar tizimi hisoblanadi, yani fikrlar, so'z erkinliklari va boshqa tamoyillar, shuningdek, qonun doirasida harakat qiladigan jamoat birlashmalaridan chiqish erkinligi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi (Konstitutsiyaning 32-moddasi). Konstitutsiyaga binoan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Teng huquqlilik qonun tomonidan kafolatlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga hamda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.72 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.72 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc