O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari RYeJA: 1. Fuqarolik tushunchasi 2. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari 3. Inson va fuqaro huquqlari 4. O'zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi 5.O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari 6. Inson va fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklari 7. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari 8. O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarining kafolatlari 1. Fuqarolik tushunchasi Fuqarolik - insonning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy va huquqiy munosabatda, ekanligini anglatuvchi tushuncha bo'lib, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan tartibda shaxsni muddatsiz shu davlatga mansubligini o'rnatadi va unga nisbatan davlatning yurisdiksiyasi joriy etiladi, shu orqali shaxsning huquq va erkinliklari davlat organlari tomonidan kafolatlanadi, davlat hududida va uning tashqarisida himoyalanish huquqi ta'minlanadi, o'zaro huquq va majburiyatlarda tenglik prinsipi qo'llaniladi, hamda davlat va jamiyat oldidagi jamiyki muayyan burchlarni amalga oshirish mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi. Asosiy huquqlar, erkinliklar va burchlarni amalga oshirishning huquqiy shakli yoki asosi fuqarolik hisoblanadi. Fuqarolik - shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo'lib, davlat unga nisbatan o'z hukmini o'tkazadi va uni konstitutsiyada ko'rsatilgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta'minlaydi, uning huquqini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida muhofaza qiladi. Fuqarolik tushunchasiga qadimdan turli mano, mazmun berilgan va berilmoqda. Eng dastlabki manoda, malum bir davlat bilan qalin aloqada bo'lgan kishi fuqaro deb hisoblangan. U shu davlatdagi jamiyatning azosi. «Fuqaro termini qadimgi Rimda ham qo'llanilgan bo'lib, dastlabki ko'rinishda u ius civile, yani tsivil yoki grajdanlik huquqi shaklida namoyon bo'lgan. O'zining mavqeiga ko'ra fuqaro qonunda nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi va kerakli majburiyatlarni oladi. Davlat fuqaroning huquqlarini ta'minlaydigan va ularning majburiyatlari bajarilishini nazorat qiladi. Chet elda bo'lganda fuqaro o'z davlatining malum qonunlariga rioya qiladi, davlat esa uni diplomatik himoya bilan ta'minlaydi. Mustaqillik elon qilingandan so'ng, o'zbek tilida mustabid tuzum davridagi «grajdanlik» so'zi o'rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, fuqarolik instituti yangi mano va mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endilikda fuqarolik davlatchiligimizning muhim va ajralmas belgisidir. U shaxsning davlatga mansubligini, unga daxldorligini yuridik jihatdan mustahkamlaydi, shuningdek, davlat bu shaxsga o'z hokimiyatini o'tkazadi va uni konstitutsiyada mustahkamlangan huquq hamda burchlar bilan ta'minlaydi. 2. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida Respublika fuqarolarining huquqiy asoslari belgilangan. Unda ko'rsatilishicha: O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asosda ega bo'lganlikdan qati nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo'lish va uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.6 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.6 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga