O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari

O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari - rasmi

Material tavsifi

4 - MAVZU. О'ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI. Reja. 1. О'zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati va tushunchasi. 2. Fuqarolik tushunchasi va О'zbekiston Respublikasida fuqarolik. 3. О'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi. 4. О'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari. О'zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati va tushunchasi. Mazkur qoida О'zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qо'yilgan. Unga kо'ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat fahriylariga qonunga binoan biror bir imtiyozlar berilishi mumkin. Fuqarolik tushunchasi va О'zbekiston Respublikasida fuqarolik. Qonun O'zbеkiston Rеspublikasi fuqaroligiga ega bo'lishning quyidagi asoslarini bеlgilab bеrgan: Tug'ilganda; O'zbеkiston Rеspublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; O'zbеkiston Rеspublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha; Ushbu qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha. Fuqarolik- deganda shaxsning ma'lum bir davlat bilan uzviy siyosiy-huquqiy munosabati tushuntirilib, bunda shaxsning (ma'lum) huquq va erkinliklari davlat tomonidan qо'riqlanadi, shuning uchun о'z navbatida shaxs ham jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqib, ma'lum majburiyatlarning bajarilishini о'z zimmasiga oladi. Shaxs О'zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiyamiz va Qonunlarimizda mustahkamlab qо'yilgan huquq va erkinliklarga ega bо'ladi. Shuningdek, u ma'lum burchlarni ham bajarishga majburdir. Tabiiyki, О'zbekiston davlati ham fuqarolarning manfaatlari va erkinliklarida himoya qilish majburiyatini о'z zimmasiga oladi. О'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqva erkinliklari Rеspublikamiz Konstitutsiyasining 18-moddasida mustahkamlangan bo'lib, O'zbеkiston Rеspublikasida barcha fuqarolar bir xil huquqva erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kеlib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqеidan qa'tiy nazar, qonun oldida tеngdirlar Imtiyozlar faqat qonun bilan bеlgilanib kuyiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart. Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bо'lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat о'sha davlat fuqaroligiga ega bо'lgan shaxslargagina tegishlidir. 1) shaxsiy yoki inson huquqlari, ya'ni yashash huquqi, shaxsiy dahlsizlik va turar-joy dahlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar; 2) davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish,ovoz berish, vatanni himoya qilish bilan bog'liq qator siyosiy huquq, erkinlik va burchlar; 3) mehnat qilish huquqi, mehnat erkinligi, mulk huquqi, soliq tо'lash burchi, ta'lim olish huquqi,ijod erkinligi va shu kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. 24-modda: Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suyiqast qilish eng og'ir jinoyatdir. 25-modda: Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hеch kim qonunga asoslanmagan holda xibsga olinishi yoki qamoqga saqlanishi mumkin emas. Fuqarolarning burchlari. 47-modda: Barcha fuqarolar konstitutsiyada bеlgilab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga