O'zbekistonda intellektual mulk sohasining tashkillashtirilishi va boshqarilishi Reja: O'zbekistonda intellektual mulk sohasidagi yagona davlat siyosatining yuritilishi O'zbekiston Intellektual mulk agentlikning tashkil etilishi Intellektual mulk agentlikning xalqaro faoliyati to'g'risida Tayanch tushuncha va iboralar: Davlat siyosati; Intellektual mulk agentligi; patent egasi. 1. O'zbekistonda intellektual mulk sohasidagi yagona davlat siyosatining yuritilishi Yurtimizda ko'pgina rivojlangan mamlakatlar qatori intellektual mulkning muhofazasi huquqiy asoslari yaratilgani, mulk sohiblarining barcha huquqlari, qabul qilingn qonun va qoidalar orqali to'la muhofazalanadi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bu borada juda muhim ishlar bajarildi. Jumladan: ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida‖gi, ―Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqish joylarining nomlari to'g'risida‖gi, ―Seleksiya yutuqlari to'g'risida‖gi, ―Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida‖gi, ―Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida‖gi, ―Firma nomlari to'g'risida‖gi, ―Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida‖gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi, shulardan kelib chiqqan holda, intellektual mulklarni sohibiga aylanish uchun talabnomalar berish, uni ko'rib chiqish va Davlat ro'yxatidan o'tish qoidalarining yaratilishi misol bo'la oladi. Shu bilan birga O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi vakolatli Intellektual mulk agentligi tashkil etilishi va shu orqali sanoat mulki, jumladan ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy namunalarini, shuningdek seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ishtirok etadi. 2. O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tashkil etilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2010 yil 20 dekabrdagi PQ-144-son qaroriga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga innovatsiyaviy texnologiyalar hamda ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni keng tatbiq etishni rag'batlantirishni kuchaytirish, shuningdek intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqni ishonchli muhofaza qilish maqsadida: O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda O'zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish Respublika agentligi negizida O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi: O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hamda O'zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish Respublika agentligining huquqlari va majburiyatlari bo'yicha huquqiy vorisi. Butunjahon intellektual mulk tashkilotida hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasini ifodalovchi vakolatli organ hisoblanadi. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib belgilangan: intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash, ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari hamda boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulk obyektlari huquqiy egalarining huquqlarini himoya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.44 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.44 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc